AQSh: Eron atom dasturini oshkora olib borsin

  • Amerika Ovozi

Busherdagi atom inshooti, Eron

Busherdagi atom inshooti, Eron

Barak Obama ma'muriyati BMTning Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentligi Eron yadro faoliyatiga doir ma'lumotlarini shu hafta chiqadigan hisobotiga qo'shadi degan umidda.

Oq Uy matbuot kotibi Jey Karnining aytishicha, hujjat Eron xalqaro majburiyatlariga amal qilmayotganini isbotlashi kerak. Amerika razvedkasi Eron yadro quroli ustida ishlaganini tasdiqlovchi dalillarni G'arb diplomatlari va BMT agentligiga taqdim etgan. Qo'shma Shtatlar masalaga diplomatik yechim izlashda davom etadi, deydi Karni.

AQSh nazarida Eron atom energiyasidan tinch maqsadda foydalanish huquqiga ega. Biroq buning uchun yadro faoliyati ravshan va xalqaro inspektorlar uchun ochiq bo'lishi kerak.

Davlat departamenti rasmiysi Viktoriya Nulendning aytishicha, Eron inspektorlarni inshootlariga qo'ymayapti va uranni 20 foizdan oshig'iga boyitgan, ya'ni elektr quvvatini olish uchun kerakli darajadan o'tkazib yuborgan. G'arb nazarida rasmiy Tehron atom quroli ustida ishlamoqda. 90 foizga boyitilgan urandan yadro bombasi tayyorlash mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG