Breaking News

Amerika Eron qurolli kuchlari bilan til topishmoqchi


"Eron Inqilobiy Gvardiyasi tasarrufidagi tezyurar qayiqlar boshog’riq. Raketa tashiy oladigan bu zamonaviy transport vositalari va hatto havo kuchlari Forz ko’rfazida Amerika va ittifoqchi davlatlar harbiy kemalarining ketiga tushib, asabni buzmoqda".
"Eron Inqilobiy Gvardiyasi tasarrufidagi tezyurar qayiqlar boshog’riq. Raketa tashiy oladigan bu zamonaviy transport vositalari va hatto havo kuchlari Forz ko’rfazida Amerika va ittifoqchi davlatlar harbiy kemalarining ketiga tushib, asabni buzmoqda".

O’zaro yirik harbiy mojaroning oldini olish maqsadida Qo’shma Shtatlar Eron dengiz floti bilan aloqa tizimini yaratmoqchi. Fors ko’rfazida oxirgi oylar ikki davlat o’rtasida ro’y bergan dahanaki janglar yechim talab qilib kelayotgan edi.

Bu taklifga Eron javobi ma’lum emas. Ikki davlat 1980-yilda diplomatik rishtani uzgan.

AQShning “Wall Street Journal” gazetasida yozilishicha, ayniqsa, Eron Inqilobiy Gvardiyasi tasarrufidagi tezyurar qayiqlar boshog’riq.

Raketa tashiy oladigan bu zamonaviy transport vositalari va hatto havo kuchlari Forz ko’rfazida Amerika va ittifoqchi davlatlar harbiy kemalarining ketiga tushib, asabni buzmoqda, deydi Pentagon matbuot kotibi Jorj Littll.

Amerika tomonning ta’kidlashicha, 2008-yilda ko’rfazda Eron harbiy floti AQSh kemalarini ta’qib qilgan.

Prezident Jorj Bush o’shanda Tehronga qattiq ogohlantirish bergan edi. Islomiy respublika kundalik tekshiruv o’tkazdik, vahimaga o’rin yo’q, deb, AQShdan aytilgan so’zlar uchun kechirim talab qilgan edi.

O’tgan yili esa Ummon qo’ltig’ida Eron havo kuchlari Amerika harbiy samolyoti yaqinida aylanavergan. Islomiy davlat dengiz floti xalqaro dengiz sarhadlarini kuzatishga haqlimiz, deb izoh bergan.

Shunday ekan, qurolli ziddiyatning oldini olish uchun aloqa tizimi zarur, deydi rasmiylar. Lekin Vashington Eronni jangari guruhlar bilan hamkorlikda, Iroqdagi terrorchi jamoalarni moliyalab kelayotganlikda ayblashi sir emas.

Qo’shma Shtatlar Tehronga yadroviy izlanishlari uchun ham dakki berib, sanksiyalarni ishga solgan. Eron hukumati esa ilmiy tadqiqot olib borishga haqlimiz, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG