Obama Eron oliy rahnamosi bilan xat almashgan

  • Amerika Ovozi

Oyatulla Ali Hominiy

Oyatulla Ali Hominiy

Eron va Amerika rahbarlari bir-biriga xat yozib, atom dasturi bilan bog'liq kelishmovchilikni shu tariqa hal etishga urinmoqda, deya yoritadi The Wall Street Journal gazetasi.

Prezident Barak Obama o'tgan yilning oktabr oyida Tehronga maktub yo'llab, murosaga erishilsa, Vashington Eron bilan "Islomiy davlat" ga qarshi hamkorlik qilishi mumkinligini bildirgan.

Oyatulla Ali Hominiy yaqindagi xatida Amerika rahbariga o'z ehtiromini izhor etgan, biroq unda Oq uy taklifiga aniq javob berilmagan.

Eron AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Rossiya va Germaniya bilan 24-martgacha qisman bo'lsa-da til topishishni maqsad qilgan. Shu yilning 1-iyuligacha esa barcha jihatlarda kelishib olish niyat qilingan.

Islomiy respublika atom qurollari ustida ishlamayotganini isbotlay olsa, G'arb unga iqtisodiy yordam ko'rsatishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG