AQSh va Eron rasmiylari ilk bor yuzma-yuz uchrashadi

  • Amerika Ovozi

Eron dasturi bo’yicha bosh muzokarachi Abbos Araqchi

Eron dasturi bo’yicha bosh muzokarachi Abbos Araqchi

AQSh va Eron rasmiylari 30 yilda ilk bor bevosita muloqotga kirishmoqda. AQSh davlat kotibining muovini Nikolas Byorns va siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Vendi Sherman Jenevada Eron yadro dasturi bo’yicha islomiy respublika vakillari bilan dushanba va seshanba kunlari yuzma-yuz uchrashadi.

Eron dasturi bo’yicha bosh muzokarachi Abbos Araqchining aytishicha, Jenevada Yevropa Ittifoqi rasmiysi bilan ham muloqot bo’ladi. Tehron yakuniy bitim va unga qo’yilgan sanksiyalar xususida gap ketishini ma’lum qilmoqda. Eron tomoni so'ng Rimda Rossiya vakillari bilan ko'rishadi.

16-iyun kuni mavzu bo’yicha muzokara qilayotgan P5+1 guruhi Eron bilan muzokaralarni davom ettiradi. Guruhga AQSh, Rossiya, Xitoy, Fransiya, Britaniya va Germaniya kiradi.

Tomonlar 20-iyulgacha yakuniy bitimga kelishishga umid qilmoqda. P5+1 Erondan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish evaziga yadro dasturini cheklashni so’ramoqda, toki Tehron atom quroli yaratish salohiyatidan ayrilsin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG