AQSh Eronning Yaman mojarosidagi ishtirokini kuzatmoqda

  • Amerika Ovozi

Xormuz bo'g'ozidagi Eronning "Alborz" harbiy kemasi

Xormuz bo'g'ozidagi Eronning "Alborz" harbiy kemasi

AQSh Saudiya Arabistoni boshchiligida Yamanda amalga oshirilayotgan havo hujumlarini qo'llab-quvvatlamoqda. Ayni paytda Vashington Eronning mojarodagi ishtirokini yaqindan kuzatmoqda.

Otishma sadolari Yaman poytaxti Sanogacha kirib borgan. AQShga qarashli samolyot-tankerdan yoqilg'i olayotgan Saudiya qiruvchi samolyotlari havo hujumlarini davom ettirmoqda.

Eron matbuoti tarqatgan xabarlarga ko'ra, Tehron mashg'ulot o'tkazish uchun Yaman yaqinidagi dengizga o'z harbiy kemalarini jo'natgan.

Pentagon rasmiylari bu ma'lumotni tasdiqlamadi, ammo Tehronning Yamandagi hutiylar guruhi bilan yaqin aloqada ekanini ta'kidladi.

"Eronliklar hutiylarga yodam berayotganini bilamiz. Ular birga ishlashyapti. Lekin Eron puli yoki texnikasi hutiylarga berilganmi, yo'qmi, bu haqda ma'lumotga ega emasman", - deydi Pentagon so'zlovchisi polkovnik Stiv Uorren.

Eron hutiylarga harbiy yordam berayotgani haqidagi iddaolarni inkor etadi. Beyrutda o'tgan matbuot konferensiyasida Eron Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Murtazo Sarmadiy mojaroni tinch yo'l bilan hal etishga chaqirdi.

Inqirozga siyosiy yechim topish uchun Eron barcha choralarni ko'ryapti, dedi u.

Ammo AQSh Eronning bu boradagi harakatlariga shubha bilan qaraydi. Vashingtonga ko'ra, Yamanda vaziyatning yanada og'irlashishi ehtimoli yuqori.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG