Breaking News

Obama: Eron murosa qilgani yo'q, ammo bir joyda turgani ham yo'q


Eron yadro dasturi bo'yicha xalqaro muzokara ishtirokchilari
Eron yadro dasturi bo'yicha xalqaro muzokara ishtirokchilari

Eron yadro dasturi bo’yicha xalqaro muzokaralarda qatnashayotgan AQSh va Yevropa tashqi ishlar vazirlariga ko’ra, atom bitimi yo’lida ko’p ishlar qilindi, muloqot samara bermoqda. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri kecha Londonda Britaniya, Fransiya va Germaniya vazirlari bilan uchrashgan.

Ba’zi masalalar hal qilinmaguncha bitimni imzolash haqida gapirishga erta, deydi ular. Vazirlarga ko’ra, shartnoma puxta, davomiy bo’lishi lozim, uning ijrosini nazorat etish imkoniyati bo’lishi kerak.

Prezident Barak Obamaning aytishicha, Eron uchun yadro dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini isbotlash payti keldi.

"Eron to’la murosa qilgani yo’q. Yakuniy bitim uchun bu zarur qadam. Biroq Tehron joyida turgani ham yo’q, demak, shartnoma imzolanishi ehtimoli saqlanmoqda”, - deydi Obama.

Muzokaralar kelasi hafta Shveysariyaning Lozanna shahrida davom etadi. Muloqotda Rossiya va Xitoy diplomatlari ham qatnashmoqda.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning aytishicha, qarashda farqlar bor, ammo hal bo’lmaydigan narsa yo’q.

Tomonlar 31-martgacha bir to’xtamga kelishi kerak.

Erondan uran boyitishni kamaytirish talab qilinmoqda, toki unda yadro qurolini yaratish salohiyati bo’lmasin. Buning evaziga Tehronga qo’yilgan sanksiyalar olib tashlanishi va’da qilingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG