AQSh askarlari Iroqni tark etmoqda

  • Amerika Ovozi

To'qqiz yildan so'ng bayroqlar ham tushirildi, Amerika askarlari uyiga qaytishga tayyor

To'qqiz yildan so'ng bayroqlar ham tushirildi, Amerika askarlari uyiga qaytishga tayyor

AQSh qo’shinlari 31-dekabrga qadar Iroqni tark etishi kerak. Harbiy bazalar asta-sekin bo’shatilmoqda, biroq bir dunyo qurol-aslaha shu yerda qoladi.

Qariyb to’qqiz yil oldin Iroqqa bostirib kirgan qo’shinlar endi mamlakatni tark etmoqda. Minglab askarlar ketib bo’ldi. Qolganlari uchun oxirgi muddat – 31 dekabr.

Janubda, Nosiriya shahri yaqinidagi Adder bazasi ular uchun oxirgi manzil. Yuk mashinalari va askarlar shu yerdan Quvaytga jo’naydi. Kapitan Deyvid Mozes jarayonga bosh:

“Bu yerdan katta-katta konvoylar o’tadi. Har birining qo’mondoni oldimizga kelib, hujjatlarni tekshirtiradi. Qog’ozlarni tasdiqlaymiz, biror joyi noto’g’ri bo’lsa, shu yerning o’zidayoq to’g’rilaymiz…”

Iroqni tark etayotganlar orasida harbiy bazalarda ishlagan yuzlab chet ellik mutaxassislar ham bor, masalan, Pokiston, Hindiston va Nepaldan.

Yaqin-yaqingacha AQShning 12 ming askari borib-kelib yurgan gavjum ko’cha bugun huvillab qolgan.

Ammo ortda 200 million dollarga teng jihoz, asbob-uskuna, avtomobil va yuk tashuvchi mashinalar qolgan. Ularni Iroqdan olib chiqib, keyin yana AQShga olib ketish juda qimmatga tushadi, deydi podpolkovnik Charlz Krumvide. Umuman, qo’shinlarni muammosiz olib chiqayapmiz, deydi u.

”Mamlakatdan beshikast, professional ravishda chiqib ketayapmiz. Shuning o’zi har qanday quroldan ustun”.

“Imom Ali” o’tmishda AQSh qo’shinlarining eng yirik bazalaridan edi. Nomi ham boshqa edi. Endi Iroq havo kuchlari ixtiyorida. Bundan farqli boshqa aksariyat sobiq bazalar bugun egasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG