Shimoliy Iroqda AQShga qarashli artilleriya posti borligi ma'lum bo'ldi

  • Amerika Ovozi

AQSh rasmiylari ilk bor shimoliy Iroqda 200 tacha AQSh askarlaridan iborat o’qchilar posti tashkil etilganini rasman e’lon qildi. Bu haqdagi xabar “Islomiy davlat” jangarilari uyushtirgan hujumda amerikalik bir askar halok bo’lib, bir nechtasi yaralanishi ortidan e’lon qilindi.

Pentagon so’zlovchisi polkovnik Stiv Uorren mazkur artilleriya punkti Iroq askarlarini Mosul shahrini olish amaliyotiga tayyorlash uchun zarur bo’lganini aytdi.

Ayni paytda Iroqda minglab AQSh mutaxassislari mahalliy kuchlarni “Islomiy davlat”ga qarshi tayyorlayotgani ma’lum.

AQShning Iroqdagi sobiq elchisi Jeyms Jefriga ko'ra, bunday artilleriya punktining bo’lishi tushunarli, ammo uning AQSh va Iroq xalqlaridan yashirilgani to’g’ri emas.

Iroqdagi AQSh askarlari soni 4000 atrofida ekani aytiladi. Ular, asosan, Iroq xavfsizlik kuchlarini tayyorgarlikdan o’tkazish bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, vaqtinchalik boshqa vazifalar bilan mashg’ul guruhlar hamda reydlarni amalga oshiruvchi maxsus kuchlar ham mavjud.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG