Peshmerga Mosul uchun hal qiluvchi jangga tayyorlanmoqda

  • Amerika Ovozi

Kurd peshmerga jangchilari

Kurd peshmerga jangchilari

Iroqning kurd peshmerga jangchilari mamlakat shimolida "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi shiddat bilan kurashmoqda.

Ayni damda kurd jangchilar Mosul shahri uchun hal qiluvchi janglarga hozirlik ko'rayapti.

Mahmur harbiy bazasi kurd jangchilari va "Islomiy davlat"ni ajratib turadigan hududda joylashgan. Mosul uchun kurash ana shu yerdan boshlanishi kutilmoqda.

Janglar mushkul, qaqshatqich bo'ladi, deydi geneal Sivan Barzaniy.

"Islomiy davlat" to'dasi juda xavfli. Tajribali raqiblar", - deydi u.

"Yangi texnologiya, yangi usullarni, ayniqsa, suiqasd xurujlarni, uzoqdan boshqariladigan bombalarni keng qo'llashayapti. Nihoyatda xatarli odamlar", - deydi Barzaniy.

Generalning aytishicha, hozirgacha qo'lga kiritilgan yerlarni saqlab qolib, Mosulni ham qaytarish uchun Iroq armiyasining 25 ming askari va 10 ming nafar peshmerga jangchisi jalb qilinishi kerak.

Keksa jangchilar bunaqa kurashlarni ko'p ko'rgan. Umar Mirxonning bu borada fikri tayin.

"Iroq armiyasi Mosulni qo'lga olmoqchimi? Unaqada Amerika piyoda qo'shinlarini ham jo'natishi, peshmerga ham yordam berishi kerak", - deydi u.

Iroq va Amerika rasmiylari ayni damda kurash rejasini ishlab chiqish bilan band.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG