Breaking News

Amerikada terror xuruji ehtimoliga aloqador ma'lumot yo'q, deydi rasmiylar


Nyu-Yorkda xurujlarga qarshi yangi choralar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00

Nyu-Yorkda xurujlarga qarshi yangi choralar

AQSh Davlat departamenti "Islomiy davlat"ning Amerikada xuruj uyushtirish rejasi xususida ma'lumot yo'qligini bildirmoqda.

Jangarilar Vashington va Nyu-York shaharlarini nishonga olishini aytib, shu hafta do'q-po'pisa qilgan. Internet faollar jangarilarning Italiya va Livan shaharlarida xurujlar uyushtirish rejasini fosh etganini ma'lum qilmoqda. Faollar qo'lga kiritilgan ma'lumotni AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi, Federal qidiruv byurosi hamda Britaniyaning MI-5 razvedka xizmatiga yo'llaganini aytgan.

Bugun Amerikaning Atlanta shahrida bo'ladigan professional kurash kechasi xuruj nishoni bo'lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. FBR rasmiylari barcha tahdidlarni jiddiy qabul qilamiz, biroq Atlanta bo'yicha ishonchga sazovor ma'lumot yo'q, deydi.

Prezident Barak Obama Qo'shma Shtatlar va uning ittifoqchilari "Islomiy davlat" jangari guruhini mag'lub etishiga ishonch bildirdi. Obama bu haqda Malayziyada o'tgan ASEAN sammitida so'zladi.

"Islomiy davlat"ni jang maydonida yakson qilganimizdan so'ng ular hozir egallab turgan hududlarni tortib olamiz, ularni moliya manbalaridan ayiramiz, rahbarlarini bittama-bitta nishonga olamiz, tarmoqlari va ta'minot tizimini barbod qilamiz. Shu bilan birga, o'z tamoyillarimiz va qadriyatlarimizdan chekinmaymiz", - dedi Obama.

AQSh rahbari vahimaga tushmaslikka chaqirdi. Uning nazarida, jihodchilar boshqalarning qo'rquvidan kuch oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG