AQSh: "Islomiy davlat" ustidan salmoqli yutuqlar erishilmoqda

  • Amerika Ovozi

Iroqdagi xalqaro koalitsiya kuchlari vakili, AQSh polkovnigi Stiv Uorren

Iroqdagi xalqaro koalitsiya kuchlari vakili, AQSh polkovnigi Stiv Uorren

Pentagonning bildirishicha, xalqaro koalitsiyaning havo hujumlari natijasida so'nggi haftalarda Iroq va Suriyada yuzlab jangarilar yo'q qilingan, "Islomiy davlat"ning neft biznesiga jiddiy zarar yetkazilgan, jangarilar hududlarni boy bermoqda.

Iroqdagi xalqaro koalitsiya kuchlari vakili, AQSh polkovnigi Stiv Uorrenning aytishicha, "Islomiy davlat" Iroqda 20000-22000 kvadrat kilometr, Suriyada esa ikki ming kvadrat kilometr hududlarni yo'qotgan.

"Iroq xavfsizlik kuchlari Ramadini ulardan tortib oldi, jangarilarning Hadicha shahriga hujumlari qaytarildi", - deydi polkovnik.

San-Fransisko universitetidan tahlilchi Stiven Zuns nazarida, "Islomiy davlat"ga moddiy talafot yetkazish jon talafotidan muhimroq.

AQSh prezidentining maxsus vakili Brett Makgurkning aytishicha, Eron va Saudiya Arabistoni o'rtasida vujudga kelgan mazhabiy nizo "Islomiy davlat"ga qarshi kurashga pand berib, jangarilarga qo'l kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG