Breaking News

Musulmon yetakchilar: Payg’ambarning yuzini yerga qaratib qo’ymayapmizmi?


Amerika musulmon yetakchilari Liviyada diplomatlarning o’ldirilgani, Misrda elchixonaga hujum hamda qonli namoyishlarga olib kelgan filmni qoralamoqda. Islomni tanqid qilganlarga zo’ravonlik bilan javob qaytarib bo’lmaydi, deydi ular.

Bing’ozi va Qohiradagi voqealar amerikalik musulmonlarni dahshatga soldi. Bir guruh yetakchilar Vashingtonda matbuot anjumani o’tkazib, AQShning Liviyadagi elchisi Kris Stivens va konsullik xizmatchilari o’ldirilganini qoraladi.

Payg’ambarni haqoratlovchi filmdan g’azablangan olomon Bing’ozi shahridagi konsullikka o’t qo’ygan. Bu film mening ham dilimni og’ritdi, deydi imom Muhammad Majid, Shimoliy Amerika Islom Jamiyati prezidenti.

“G’azablanish tabiiy, chunki payg’ambarni yaxshi ko’ramiz. Lekin bunday nojo’ya ishlarga undan ibrat olgan holda javob qaytarish to’g’ri emasmi? Boshqalarni o’ldirishga undayotgan insonlarga ergashib, payg’ambarning yuzini yerga qaratib qo’ymayapmizmi?”.

Ravvin Deyvid Saperstin – Vashingtondagi Iudaizm diniy harakatlar markazini boshqaradi.

“Hujjatli film ataylab dinni haqoratlash, pastga urish, tuhmat qilish uchun yaratilgani ko’rinib turibdi. Ommani zo’ravonlikka boshlashi aniq edi u. Film mualliflari uni 11-sentabr arafasida chiqargani, ayniqsa, jirkanch ish”, - deydi yahudiy yetakchi.

O’xshash voqealar avval ham ro’y bergan. 2008-yilda daniyalik siyosatchi Qur’onni badnom qilgani Indoneziyada musulmon ahlini oyoqqa turg’izgan edi.
Musulmon yetakchilar Yaqin Sharqdagi qonli namoyishlarni qoraladi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00
Yuklab oling


Xaris Tarin - musulmonlar ham Amerika jamiyatining ajralmas qismi ekanini targ’ib etuvchi, Vashingtonda asoslangan tashkilot direktori. Islomni yomon otliq qilishga bel bog’lagan odamlar ozchilik, deydi u, lekin ishiga puxta.

“Bir-birimizni tushunaylik, munosabatlarni yaxshilaylik, demokratiyani targ’ib qilaylik degan qarash ularga begona. Ularning ishi yovuzlik, nafrat hamda Amerika va musulmon davlatlarini bir-biriga qarshi qayrash”, - deydi Tarin.



Uning aytishicha, Liviya va Misrda ommani o’sha film junbushga keltirdi, ammo AQShni islom dushmani deb o’ylaganlarlar xato qiladi.

“Islom olamidagi birodarlarimizga shuni aytmoqchiman: Amerikada musulmonlar diniy erkinlik ne’matidan to’la foydalanayotgan faol bir jamoa”, - deydi u.

Diniy yetakchilarning ta’kidlashicha, islom va Amerika o’rtasida hech qanday mojaro yo’q, fitnachi guruhlar uni qo’zg’atishga harakat qilmoqda.



Amerika musulmonlari payg'ambarni haqoratlovchi film haqida nima deydi?US Islam
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:43 0:00
XS
SM
MD
LG