Kongress "Islomiy davlat"ga qarshi strategiyani muhokama qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Bugun AQSh mudofaa vaziri va armiya generallari Kongressda Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan hisobot berdi.

Unda, asosan, Prezident Barak Obamaning "Islomiy davlat"ga qarshi kurash strategiyasi muhokama qilindi.

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karterning aytishicha, "Islomiy davlat"ga qarshi kurashdagi eng muhim chora bu Iroqda barchani qamrab oluvchi kuchli hukumat tuzishdir.

Unga ko'ra, hukumatga barcha mazhab va elatlar jalb etilishi kerak va bu jangarilarga qarshi aholining qo'llab-quvvatlovini qo'lga kiritishning yagona yo'lidir.

Oq uy yaqinda Iroqqa qo'shimcha 450 askar yuborilishini ma'lum qildi. Ular Anbar viloyatida joylashib, Iroq kuchlarining Ramadi shahrini jangarilardan qaytarib olishiga ko'mak beradi.

Oq uyning ayrim tanqidchilari Obamani Iroqqa piyoda qo'shinlar kiritishga undaydi.

Prezident esa o'zini bunday choradan tiyib, "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda, asosan, havo hujumlariga e'tibor qaratmoqda.

Shu paytgacha Iroq va Suriyadagi jangari manzillariga qiruvchi samolyotlardan 4500 dan ziyod zarba berilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG