Breaking News

Isroil, Falastin mahbus almashgani nima uchun muhim?


Muhimi Misr vositachiligida, Isroil va XAMAS o’tirib, murosa qila olganida
Muhimi Misr vositachiligida, Isroil va XAMAS o’tirib, murosa qila olganida

Isroil qamog’idan chiqqan falastinliklarning bir qismi Suriya, Turkiyaga yetib borgan. 11 nafari Turkiyada, 16 kishi, jumladan, bir ayol Suriyada panoh topdi.

Yuzlab mahbusni qo’yib yuborgan Isroil 40 nafarini o’ta xatarli deb biladi va ular Falastin hududlariga kirmasin, deb talab qilgan. Qo’shnilar bu shaxslarga boshpana berishga rozi bo’lgan.

Isroil, Falastin mahbus almashgani nima uchun muhim?
Isroil, Falastin mahbus almashgani nima uchun muhim?

Tomonlar kelishuviga ko’ra, XAMAS isroillik askar, besh yilni panjara ortida o’tkazgan Gilad Shalitni chiqarib yubordi. Evaziga Isroil falastinlik mingdan ziyod tutqinga erkinlik beradi.

Mintaqa uchun bu mislsiz manzara – G’azoda hukmron XAMAS, Falastin muxtoriyati va Isroil ahli bir voqeani nishonlamoqda.

Tahlilchilar nazarida bu almashinuv Isroil, umuman, Yaqin Sharqda xavfsizlik bilan bog’liq vaziyatda muhim o’zgarish qiladi.

Isroil, Falastin mahbus almashgani nima uchun muhim?
Isroil, Falastin mahbus almashgani nima uchun muhim?

Ozodlikka chiqqanlarning aksariyati terrorizmga aloqadorlik aybi bilan qamalgan.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu jinoiy faoliyatga qaytganlar jazolanadi, deya ogohlantirmoqda.

Vashingtonda Yaqin Sharq bo’yicha Institut boshlig’i Maykl Singx fikricha, bosh xavotir shu.

“Ayrim mahbuslar o’ta xatarli va ular Isroil uchun, mintaqa uchun tahdiddir”, - deydi tahlilchi.

Boshqalar nazarida bu - almashunuv bobida muzokarani yuritgan XAMAS uchun yutuq. Falastin muxtoriyati prezidenti Mahmud Abbosdan ustun, uddaburon chiqqanday bo’ldi XAMAS, deydi ular.

Isroil, Falastin mahbus almashgani nima uchun muhim?
Isroil, Falastin mahbus almashgani nima uchun muhim?

“XAMAS shunaqangi muvaffaqiyatga muhtoj edi”, - deydi Yaqin Sharq bo’yicha mutaxassis Jonatan Speyer.

“Ayniqsa, arab uyg’onishi fonida bu harakat e’tibordan chetda, yakkalanib qolgan edi. Bundan tashqari, Falastin muxtoriyati yaqinda BMTga chiqib, davlatchilik masalasini ko’tarib, XAMASni dog’da qoldirdi”, - deydi Speyer.

Isroillik olim, xavfsizlik sohasida izlangan Daniel Sheftan so’zlariga ko’ra, mintaqa va dunyoda ro’y berayotgan keskin o’zgarishlar Isroil uchun mushkulot. “Eron, Turkiya, Misr va AQShdagi siyosiy muhit Isroilga ma’qul emas”, - deydi siyosatchi.

Biroq yana bir pozitsiya shundan iboratki, gap mahbuslar ayirboshlashdan kim yutib, kim mag’lub bo’lganida emas. Muhimi Misr vositachiligida, Isroil va XAMAS o’tirib, murosa qila olganida. Arab dunyosida eski rahbarlar, eski qo’rquvlar unutila boshlagani muhim.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG