Yaponiya xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj


Yaponiya xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj

Yaponiya xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj

Halokat dunyoning qay burchagida ro’y bermasin, amerikaliklar odatda moliyaviy va boshqa ko’ngilli yordamni ayamasdan beradi.

Ammo xayriya tashkilotlariga ko’ra, Yaponiyadagi dahshatli zilzila jabrdiydalari uchun hozirgacha to’plangan pul unchalik ko’p emas.

Yaponiya tarixidagi eng dahshatli ofatdan o’zini tiklab olishga harakat qilmoqda. Tashqarida qor. Chodir shaharchalar odamlar bilan gavjum. Suv, yegulik, dori-darmon va yonilg’i yetishmayapti.

Yaponiya xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj

Yaponiya xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj

“Bir kosa sho’rva va bir burda nonni uch kishi baham ko’rib, kunimiz o’tyapti. Onda-sonda qaynatilgan guruch berishadi”, - deydi bir ayol. “O’zim mayli, qizim to’yib ovqatlanmayapti, shundan xavotirdaman”.

Xalqaro yordam Yaponiyaga yog’ilib kelmoqda. Biroq o’tgan yili Gaitidagi zilzila Amerikada ko’proq aks-sado bergan edi.

“Ko’pchilik tasavvurida Yaponiya boy davlat. Odamlar balki shu bois xayriya qilishga shoshmayapti”, - deydi amerikalik.

Yaponiya xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj

Yaponiya xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj

“Yaponiyani har doim Amerikadan qolishmaydigan, qudratli davlat deb o’ylaganman”.

Ofat zonasida esa tamoman boshqacha manzara.

“Eng katta ehtiyojimiz hozir - suv va sabzavotlar. Vitaminlar. Hojatga chiqishning o’zi katta muammo”, - deydi jabrdiydalar.

Mari Kuraishi Vashingtonda joylashgan, rivojlanayotgan davlatlarga yordam ko’rsatuvchi tashkilotni boshqaradi. Yaponiya uchun hozirgacha 1 milliondan ziyod mablag’ to’pladi.

“To’g’ri”, deydi u, “Yaponiya o’ziga to’q, har sohada taraqqiy etgan jamiyat. Shunga qaramay, odamlar qanday yordam bersak bo’ladi deb bizga kelishyapti”.

Yaponiya xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj

Yaponiya xalqaro hamjamiyat yordamiga muhtoj

Yaponiyani zilzila urganidan besh kun o’tmay amerikaliklar 64 million dollar xayriya qilgan. Qiyos – Gaiti jamg’armasiga ular 210 million dollar hadya qilgan edi.

Shikoyat qilishga hali erta, deydi Floyd Mori, Yaponiya-Amerika fuqarolari ligasi prezidenti.

“Muruvvatli, hamdard odamlar ko’p. Kim pul bilan, yana kimdir boshqa bir yo’l bilan hissa qo’shishga harakat qilayapti”.

Lekin, deydi faollar, jabrdiydalarga eng tez yetib boradigani naqd pul.

AQShdan Yaponiyaga internet orqali bepul qo’ng’iroq qilish mumkin. Boshpanasiz qolganlarga ayrimlar o’z uyidan joy, xona taklif qilayapti.

Xayriya tashkiloti rahbari Mari Kuraishining aytishicha, ommaviy sahifalarda odamlar minnatdorchilik xatlari qoldirishyapti. “Siz tanimagan odamlar yo’rdam qo’lini cho’zayotgani ruhiy madad beradi ularga”.

Ayni damda Yaponiyada yarim million odamning borarga joyi yo’q. Yana minglab inson daraksiz.

XS
SM
MD
LG