Breaking News

AQSh Iordaniyaga yordam hajmini oshirmoqda


Iordaniya qiroli Abdulla "Islomiy davlat" yoqib o'ldirgan uchuvchi Muaz al-Kasasbaning oilasi bilan, Karak qishlog'i, 5-fevral, 2014
Iordaniya qiroli Abdulla "Islomiy davlat" yoqib o'ldirgan uchuvchi Muaz al-Kasasbaning oilasi bilan, Karak qishlog'i, 5-fevral, 2014

Iordaniyalik uchuvchining tiriklayin yoqilgani tasvirlangan video Vashingtonda “Islomiy davlat”ga qarshi koalitsiya yig’in o’tkazayotgan bir paytda paydo bo’ldi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iordaniya Qiroli Abdulla va Tashqi ishlar vaziri Nosir Juda bilan uchrashib, koalitsiyaga kirgan bu davlatga yordam hajmi oshirilishini ma’lum qildi.

AQSh va Iordaniya, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:06 0:00

Davlat kotibi Kerri Iordaniyaga beriladigan yillik yordam hajmi 660 milliondan bir milliard dollarga ko’payadi, deydi.

3-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Islomiy davlat" qo'lidagi iordan uchuvchi Muaz al-Kasasbaning qatli aks etgan video tarqaldi.

“Bugun Iordaniya ekstremistlar tahdidi va boshqa majburiyatlar shaklida ko’plab xavf va muammolarga yuz tutmoqda. Ayniqsa, aholisi yetti milliondan kam bo'lgan mamlakat uchun 800 mingdan ortiq qochqinga boshpana berish oson emas”, - dedi Jon Kerri.

Tomonlar uchrashuvda videoni tilga olmadi. AQSh davlat kotibi keyinroq pilotning o’ldirilishini keskin qoraladi. Vazir Juda mintaqa xavfsizigi uchun Iordaniya o’z yordamini ayamaydi, dedi.

“Hozirgi tahlikali bir paytda Iordaniya mintaqada xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni targ’ib etishga yana bir bor shay. Uzoq yillardan beri bu hududda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik bizga tutqich bermayapti”, - dedi Iordaniya tashqi ishlar vaziri.

Poytaxt Ammonda dushanba kechasi talabalar uxlamay uchuvchi haqida xabar kutishdi. Hukumat “Islomiy davlat”ning mahbus ayirboshlash talabiga rozi ekanini ta’kidlagan edi, ammo avval pilotning tirik ekani haqida jihodchilardan dalil talab qilgan edi.

Jangarilar guruhining hukumatlar bilan muzokara olib borayotgani uning o’zini davlat sifatida ko’rayotganidan dalolat, deydi sobiq elchi va tashqi siyosat bo’yicha mutaxassis Adam Ereli.

“Islomiy davlat” yetakchilari boshqa hukumatlar bilan rasmiy muloqot olib borishga urinyapti. Bu ularning o’sib borayotganidan dalolat”, - deydi u.

Terrorizmga qarshi kurash va uzoq muddatli taraqqiyot loyihalari uchun AQSh Iordaniyaga yordam hajmini oshirishga qaror qilgach, Kerri ayni paytda Vashingtonning “Islomiy davlat”ga qarshi koalitsiyaga ko’rsatadigan yordami to’xtamasligini ma’lum qildi. Guruhning mintaqaga xavfi bartaraf etilib, uning yolg’onlari fosh etilmaguncha kurash davom etadi, deydi AQSh rasmiysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG