Breaking News

AQSh Kobulda xuruj ehtimoli haqida ogohlantirmoqda


Kobul ko'chalarida
Kobul ko'chalarida

Qo'shma Shtatlarga ko'ra, kelasi ikki kunda Afg'oniston poytaxti Kobulda terror xuruji sodir etilishi mumkin. Shu munosabat bilan shahardagi AQSh fuqarolariga ogoh bo'lish tavsiya etilmoqda.

Amerika elchixonasi bayonotida aytilishicha, xurujning qayerda, qaysi payt bo'lishi va qanday amalga oshirilishi ma'lum emas.

“Afg'onistonda xavfsizlik bilan bog'liq vaziyat o'ta beqaror, Amerika fuqarolari xavf ostida. Ularga mamlakatni tark etish tavsiya qilinadi", deyiladi bayonotda.

So'nggi paytda AQSh elchixonasi xodimlari boshqa shahar yoki viloyatlarga mashinada emas, vertolyotlarda boradigan bo'lib qolgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG