Tog'li Qorabog' masalasi qachon hal etiladi?

  • Amerika Ovozi

Tog'liq Qorabog' Ozarbayjonning bir qismi, lekin bu mintaqa aholisining ko'pchiligi arman. Ikki davlat uni talashib keladi.

Tog'liq Qorabog' Ozarbayjonning bir qismi, lekin bu mintaqa aholisining ko'pchiligi arman. Ikki davlat uni talashib keladi.

AQSh Davlat kotibi muovini Jeyms Staynberg Armaniston va Ozarbayjon rahbarlarini Tog'li Qorabog' mojarosini hal etish uchun zarur qadamlar tashlashga undamoqda.

"Bu kelishuv Kavkaz tinchligi uchun muhim",- deydi Staynberg.

Diplomat bugun Bakuda prezident Ilhom Aliyev, kecha esa Yerevanda prezident Serj Sarkisyan bilan uchrashgan.

Jeyms Staynberg, AQSh Davlat kotibi muovini

Jeyms Staynberg, AQSh Davlat kotibi muovini

Tog'liq Qorabog' Ozarbayjonning bir qismi, lekin bu mintaqa aholisining ko'pchilisi arman.

20 yildan oshibdiki, ikki davlat uni talashib keladi.

Xalqaro hamjamiyat, xususan AQSh vositachilikka qilishga qanchalik urinmasin, mojaro hamon yechimini kutmoqda.

Kelishuvga erishish uchun 1995 yilda tuzilgan maxsus xalqaro guruh (Minsk guruhi) Fransiya, Rossiya va Amerika vakillaridan tashkil topgan.

Muzokaralar bugungacha biror konkret natija bermagan.

Xorij rasmiylari Tog'li Qorabog' taqdiri ikki xalq yetakchilari qo'lida ekanini aytadi.

Tinchlik - azaliy orzu

Tinchlik - azaliy orzu

"Kelishuv yo'lida yordamga tayyormiz, ammo murosa qilish davlatlar bo'ynida",- deydi diplomatlar.

Mintaqada Ozarbayjon askarlari va Armaniston quvvatlaydigan qurolli kuchlar bir-biriga qarshi o't ochishg shay turadi.

Tog'li Qorabog'da armn separatistlari 1990-yillar boshida Ozarbayjondan mustaqillik e'lon qilgan.

To'rt yillik qonli urush 35 ming insonni hayotdan olib ketgan, 1 milliondan oshiq aholi boshpanasiz qolgan.

Aliyev va Sarkisyan kelasi oy Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev bilan masala yuzasidan muzokara olib borishi kutilmoqda.

Staynberg Armaniston va Ozarbayjondan oldin Gruziya, Albaniya and Bosnia va Gersegovinada bo'ldi.

AQShning Ozarbayjondagi yangi elchisi Matt Brayza yaqingacha Tog'li Qorabog' masalasi bilan shug'ullangan.

"Mintaqada bundan muhimroq masala yo'q",- deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG