Qozog’iston hududi orqali Afg’onistonga yuk olib o’tishning yangi yo’llari


Qozog’iston hududi orqali Afg’onistonga yuk olib o’tishning yangi yo’llari

Qozog’iston hududi orqali Afg’onistonga yuk olib o’tishning yangi yo’llari

AQSh va Qozog’iston o’rtasidagi kelishuvga muvofiq, Qo’shma Shtatlar bu davlat havo yo’llari orqali Afg’onistonga yuk va harbiylarini olib o’tadi.

Hujjat Vashingtonda AQSh Davlat kotibining siyosiy-harbiy masalalar bo’yicha muovini Endryu Shapiro va Qozog’iston elchisi Erlan Idrisov tomonidan imzolangan.

Vashington Ostona bilan qo’shni davlatga yuk va anjomlarni yetkazishda 2001 yildan beri hamkorlik qiladi. Yangi kelishuv orqali bu boradagi hamkorlikni oshirish, tranzit yo’llarini yanada kengaytirish ko’zlangan.

AQSh va Qozog’iston rahbarlari Barak Obama va Nursulton Nazarboyev shu yilning 11 aprel kuni Vashingtonda uchrashganida Afg’onistondagi vaziyat va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan edi.

Rasmiylar tranzit bitimini mazkur muloqotning konkret natijasi, deya e’tirof etmoqda.

XS
SM
MD
LG