Obama: Qozog’iston siyosiy islohot yo’lidan qaytmasligi kerak


Obama: Qozog’iston siyosiy islohot yo’lidan qaytmasligi kerak

Obama: Qozog’iston siyosiy islohot yo’lidan qaytmasligi kerak

AQSh rahbari Barak Obama Qozog’izton prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon muloqotda ikki tomonlama aloqalarga doir qator masalalar, jumladan yadroviy xavfsizlik va demokratik qadriyatlarni muhokama qilgan.

Oq uy bayonotida aytilishicha, o’tgan yili Vashingtonda o’tgan yadroviy sammit xulosalari va o’shanda belgilangan maqsadlar sarhisob qilindi.

“Qo’shma Shtatlar Qozog’istonning Afg’oniston borasida berayotgan ko’magidan minnatdor”, - deydi Barak Obama.

Uning aytishicha, iqtisodiy jabhada ko’p yutuqlarga erishgan Qozog’iston siyosiy islohotlarga ham zo’r berishi kerak.

“Kelasi yilgi parlament saylovlari va’dalarni bajarish uchun qulay imkoniyat”, - deydi AQSh rahbari.

O’tgan oygi prezident saylovlarida 21 yillik rahbar Nursulton Nazarboyev 95 foizdan ziyod ovoz bilan mutlaq g’alabani qo’lga kiritgan edi.

G’arb davlatlari jarayonni adolatsiz va nodemokratik deya qoralagan.

XS
SM
MD
LG