Qozog’iston sportchilarini Amerikaga taklif qilishdi

  • Amerika Ovozi

Ilmiy va jismoniy ta’limni birday olib borish, nogiron insonlar uchun imkoniyat yaratish, sport orqali ayollar va qizlarga dalda berishgaqaratilgan bu dasturda 54 davlat vakillari qatnashgan

Ilmiy va jismoniy ta’limni birday olib borish, nogiron insonlar uchun imkoniyat yaratish, sport orqali ayollar va qizlarga dalda berishgaqaratilgan bu dasturda 54 davlat vakillari qatnashgan

AQSh Davlat departamenti jismonan zaif sportchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida Qozog’istondan 14 nafar volleybolchini tajriba almashish uchun taklif qilgan.

10 kun davomida ayol va erkak sportchilar Oklaxoma shtatiga borib, Amerika volleybol jamoasi bilan bellashadi.

Davlat kotibasi Xillari Klinton sport diplomatiyaning muhim qismi ekanini ta’kidlab keladi.

Xalqlarni birlashtirish, o’zaro murosani mustahkamlashda sportning o’rni katta, deydi u.

Ilmiy va jismoniy ta’limni birday olib borish, nogiron insonlar uchun imkoniyat yaratish, sport orqali ayollar va qizlarga dalda berishgaqaratilgan bu dasturda 54 davlat vakillari qatnashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG