Qozog'istonda Yadroviy Qurollarsiz Dunyo anjumani

  • Amerika Ovozi

Ostona mustaqillikning 20 yilligini nishonlashga tayyorlanmoqda

Ostona mustaqillikning 20 yilligini nishonlashga tayyorlanmoqda

Qozog’istonda Semipalatinsk poligoni yopilganiga 20 yil bo’ldi. Bu sana va Yadroviy sinovlarga qarshi kurash kuniga bog’lab Ostonada xalqaro forum ish boshladi. Yadroviy Qurollarsiz Dunyo anjumani.

Ostonadagi ikki kunlik anjumanda AQSh Davlat kotibining bu masala bo'yicha muovini Rouz Gottemoeller qatnashmoqda.

Sovet davridan qolgan atom chiqindilaridan qutulish, ularning tarqab ketmasligini ta'minlash va yosh respublikalarni yadroviy qurollardan xoli zona yaratish bobida qo'llab-quvvatlash, deydi Gottemoeller xonim, Amerika oldiga qo'ygan ezgu maqsadlardan biri.

10 yildirki, Qo'shma Shtatlar va Qozog'iston yadroviy qurollar va materiallar tarqab ketishining oldini olishga qarshi birgalikda ishlab kelmoqda.

2001-yilning dekrabrida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari hukumatlararo aloqani yaxshilash maqsadida yangi bitimlar imzolagan edi.

Ularga binoan, Davlat departamenti qoshidagi Yadroviy Tahdidni Kamaytirish Markazi va Qozog'iston Mudofaa vazirligining Qurollar Nazorati va Inspeksiyasi idorasi bir-biri bilan ma'lumot almashib keladi.

Hozirga kelib, bu aloqa tizimi butunlay internetda olib boriladi va xavfsizlik virtual sistemaga aylangan.

Rouz Gottemoeller, AQSh Davlat kotibi muovini

Rouz Gottemoeller, AQSh Davlat kotibi muovini

Forumdan maqsad mavjud ommaviy qirg’in qurollaridan qutulish, yadro texnologiyasi terrorchilar qo’liga tushmasligini ta’minlash, dunyo ahliga bu qurol nimaga qodir ekanini eslatish.

Unda, jumladan, BMT Atom energiyasi boshqarmasi, Yadroviy sinovlarni man qilish tashkiloti, nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Kazinform agentligi.

“Sovetlar paytida Qozog’iston yadroviy sinovlar laboratoriyasi rolini o’tadi”, - deydi prezident Nursulton Nazarboyev.

“Dunyodagi eng katta test maydonida 400 dan ziyod zaharli portlashlar amalga oshirildi. Buning radiologik ta’sirini 116 ta Chernobil bilan qiyoslash mumkin. Asoratlarni xalqimiz hali uzoq yillar sezishga majbur”.

Shu paytgacha bu yo'lda millionlab dollar sarflandi. Qozog'iston katta hajmdagi chiqindilaridan qutuldi. AQSh bilan hamkorlik a'lo darajada, deydi Ostona rasmiylari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG