​Kerri Suriya qochqinlariga moliyaviy yordam va’da qildi

  • Amerika Ovozi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri BMTning Suriya va qo’shni mamlakatlardagi qochqinlarga yordam berishga qaratilgan faoliyatini qo’llab-quvvatlash uchun 290 million dollar yordam va’da qildi.

Kerri, shuningdek, dunyoning barcha davlatlari Suriyadagi mojaroga chek qo’yishga harakat qilishari kerak, deb aytdi.

"Men xususan Assad rejimini bevosita qo’llab kelayotgan davlatlarga murojaat qilaman. Axir bu hukumatning o’z xalqiga qarshi urushi-ku! Eron, Rossiya, Livanda joylashgan “Hizbulloh” harakatini urushni tugatish uchun qonun doirasida harakat qilishga chaqiraman,” – dedi AQSh rasmiysi.

U, shuningdek, donor-mamlakatlarni yordam ko’rsatishda davom etishga undadi.

BMT qochqinlar agentligiga ko’ra, Livanda bir milliondan ziyod suriyalik qochqin bor. Ular uch yildan buyon davom etayotgan fuqarolar urushi oqibatida boshpanasiz qolgan.

Kerri bunday bayonotni 4-iyun kuni Bayrutga qilgan tashrifi chog’ida berdi.

Vashington rasmiysi Livan bosh vaziri Tammom Salom bilan uchrashdi, Livandagi yangi prezidenti saylash imkonini bermayotgan ahvol “juda tashvishli”, deb, qonunchilar tezda yangi prezidentni saylashlari kerakligiga urg’u berdi.

“Livan to’la salohiyat va qudratga ega, samarali faoliyat yurita oladigan hukumatga muhtoj. Livan parlamenti prezidentni tezda saylaydi, degan umiddamiz”, - dedi AQSh bosh diplomati.

U Vashington Bayrutning hamkori ekanini yana bir bor ta’kidlab o’tdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG