Jon Kerri: Qrimni o’zlashtirgani Rossiyaga qimmatga tushadi

  • Amerika Ovozi

AQSh davlat kotibi Jon Kerrining ta’kidlashicha, xalqaro qonunlarga xilof ravishda Qrimni o’zlashtirayotgani Rossiyaga qimmatga tushadi.

“Qo’shma Shtatlar jiddiy choralar ko’rishga tayyor. Rossiya noqonuniy va provokatsion harakatlarini davom ettirsa, iqtisodiyoti sanksiyalardan barbod bo’ladi”, - deya ogohlantirdi bosh diplomat.

Ukrainada bir necha oy davom etgan namoyishlardan so’ng prezident Viktor Yanukovich Rossiyaga qochdi. Shundan so’ng Rossiya qurolli kuchlari asosan ruslar yashovchi Qrim mintaqasini bosib oldi.

Ikkinchi jahon urushidan keyin vujudga kelgan xalqaro normalarni bir davlat oyoq osti qilishiga yo’l qo’ymaymiz, deydi “Amerika Ovozi” bilan suhbatlashgan Kerri.

Uning fikricha, oradagi ziddiyatlar Afg’oniston, Suriya va Eron bo’yicha hamkorlikka ta’sir ko’rsatmasligi kerak.

“Eronning yadro dasturi ustida ketayotgan xalqaro muzokaralar ahamiyati hammamizga ma’lum. Bu masala hal bo’lishidan Rossiya ham manfaatdor va shuning uchun vositachilar qatoridan o’rin olgan”, - deydi AQSh rasmiysi.

Bir necha yildirki, G’arb davlatlari Tehronni uran boyitish bahonasida atrom quroli yaratishga urinayotganlikda ayblaydi.

Vashington pozitsiyasi shuki, islomiy davlat o’z iqtisodiy ravnaqi yo’lida yadroviy programmani yuritishga haqli, biroq dasturni xalqaro qonun-qoidalarga amal qilgan holda va oshkora ravishda olib borishi shart.

“Yadro qurolini ishlab chiqarish haqida gap bo’lishi mumkin emas. Agar dastur Eron da’vo qilayotganidek tinch maqsadlarni ko’zlasa, buni isbotlash qiyin emas”.

Davlat kotibi Jon Kerri bilan suhbat, ingliz tilida:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG