AQSh Janubiy Koreyani mudofaa qilishga so'z bermoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh mudofaa vazirining yordamchisi Eshton Karter Seulda muxbirlar savollariga javob bermoqda, Janubiy Koreya, 18-mart, 2013-yil

AQSh mudofaa vazirining yordamchisi Eshton Karter Seulda muxbirlar savollariga javob bermoqda, Janubiy Koreya, 18-mart, 2013-yil

AQSh mudofaa vazirining yordamchisi Eshton Karter Seulda muzokaralar o’tkazib, Qo’shma Shtatlar Janubiy Koreyani himoya qilishini yana bir bor ta’kidladi.

Shimoliy Koreya Seulga tahdid qilar ekan, Karter Amerika Janubiy Koreyaga barcha turdagi qurollari, jumladan yadro qurolini berishga tayyor, dedi.

AQSh rasmiysi bu mamlakat mudofaa vaziri Kim Kvan Jin bilan uchrashgan. Karterning aytishicha, Pxenyanning raketa va yadroviy sinovlari hamda ularni Seulga qarshi ishlatish haqidagi do’q-po’pisalari bu mamlakatga nisbatan salbiy munosabatni kuchaytiradi.

"Shimol tahdidlardan voz kechmasa, jahon hamjamiyati nazaridan qolib ketadi", - dedi u.

O’tgan oy Pxenyan uchinchi bor yadro qurolini sinaganidan so’ng Qo’shma Shtatlar unga qo’shimcha sanksiyalar qo’llagan. Shundan so’ng Pxenyan Janubiy Koreya va Yaponiyaga qarshi urush qilishini va yadro qurolini ishga solishini aytgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG