Jon Kerri Braziliya, Kolumbiyada maxfiy dastur haqida gaplashdi

  • Amerika Ovozi

Braziliya prezidenti Dilma Rusef, Davlat kotibi Jon Kerri Braziliada ko'rishmoqda.

Braziliya prezidenti Dilma Rusef, Davlat kotibi Jon Kerri Braziliada ko'rishmoqda.

Joriy haftada Jon Kerri Davlat kotibi lavozimida ilk bor Janubiy Amerikaga safar qildi. Uning vazifasi AQShning mintaqadagi maxfiy kuzatuv dasturi atrofidagi shov-shuvni tinchlantirish va rishtalarni mustahkamlash edi.

Milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snouden hukumatning yashirin loyihasi, xususan, fuqarolar kimga telefon qilib, kimga elektron maktub yozayotganini tekshirishi haqida matbuotni xabardor qilgan.

Natijada Vashingtonning Lotin Amerikasi va boshqa regionlar bilan munosabatlari taranglashgan.

Jon Kerri avvaliga Kolumbiyaga bordi.

Amerika va Kolumbiya hamkor mamlakatlar va har qanday masalada, jumladan, razvedka borasida kelishib ishlashga tayyor, deydi Kerri.

AQSh diplomati keyin Braziliyaga yo’l oldi. Bu davlat Tashqi ishlar vazirligi Oq uydan yashirin kuzatuv dasturi haqida asosli izoh talab qildi. Aks holda o’rtada ishonch yemirilishi aniq, deydi Braziliya mutasaddilari.

Davlat departamenti matbuot kotibi Mari Xarfning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Edvard Snouden oshkor etgan dasturni ittifoqchilar bilan muhokama qilishda davom etadi. Lekin bu muammo boshqa sohalarda hamkorlikka halaqit bermasligi kerak, deydi Xarf.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG