Breaking News

Amerika maktablarida hanuz daromad, kelib chiqishiga qarab ajratishadi


Qo’shma Shtatlarda bola qayerda yashashiga qarab o’sha mahalladagi maktabga qatnaydi. Tuzukroq tumanda yashagan o’g’il-qizlar yaxshi maktabda o’qiydi.
Qo’shma Shtatlarda bola qayerda yashashiga qarab o’sha mahalladagi maktabga qatnaydi. Tuzukroq tumanda yashagan o’g’il-qizlar yaxshi maktabda o’qiydi.

Amerika Oliy sudi maktablarda bolalarni irqiga qarab ajratishni taqiqlaganiga 60 yil to’lsa-da, oxirgi izlanishdan ayon bo’lishicha, mamlakatda bu illat hali ham mavjud ekan.

Bolalar hanuz oilasining daromadi va kelib chiqishiga qarab ajratiladi. Kaliforniyada, ayniqsa, lotin amerikalik jamoa farzandlari ayri o’qir ekan.

Lotin amerikalik muhojirlar Qo’shma Shtatlarga yaxshi hayot izlab keladi, ayniqsa, farzandim yaxshi yashasin, deydi. Lekin Amerikaga qadam qo’ygani zahoti xavf-xatar bilan yuzlashadi, deydi Kaliforniya Universitetidan Gari Orfild:

“Jinoiy to’dalar, bezorilar iniga kelib o’rnashib qoladi ular. Bu joylarda ish ham yo’q, maktablarda tayinli darslar o’tilmaydi. Aksariyat muhojir ota-onalar buni bilmaydi”.

Qo’shma Shtatlarda bola qayerda yashashiga qarab o’sha mahalladagi maktabga qatnaydi. Tuzukroq tumanda yashagan o’g’il-qizlar yaxshi maktabda o’qiydi.

Kaliforniya Universiteti o’tkazgan so’rovga ko’ra, lotin amerikalik bolalar yakka-yakka jamoa bo’lib qolayapti.

“Bu nafaqat irqiy, balki iqtisodiy jihatdan ham ajratish demakdir”, - deydi Vorren Fletcher, muallim.

Kaliforniya Universitetining fuqaro huquqlari loyihasi aniqlashicha, 1993-yilda Kaliforniyada latinolar qatnagan maktablarda yo’qsil bolalar salkam 60 foiz edi. 2012-yilgi raqamlarga ko’ra, bugun bu maktablarda kambag’al o’quvchilar soni 70 foizdan oshiq.

Tibbiy xodim Endryu Lara 1980-yillarda latinolar mahallasida o’sib ulg’aydi. U paytlarda o’zi qatori bolalar bilan avtobusda uzoqdagi maktabga qatnar, bu ta’lim dargohida o’qish sifati yaxshiroq edi:

“O’qishga kelganda biz puxta bilim oldik. Kollejga o’qishga kirishim, oldinga intilishim ham osonroq kechdi. Ukam va singlim aksincha, kollejga borishmadi”.

Endryu Laraning aytishicha, avtobusda qatnashga to’g’ri kelsa ham bolani jo’natish kerak. Luis Alvarado bu fikrga qo’shilmaydi:

“Singlim latinolar yashaydigan mahalladan boshqa bir rayondagi maktabga qatnar edi. Lekin uni begona deb chiqishtirishmagan. Hech o’zini bemalol his qilmas edi”.

Los Anjelesdan 50 kilometr naridagi Pio Piko boshlang’ich maktabi yo’qsil, asosan lotin amerikaliklar yashaydigan yerda joylashgan. Maktab ma’muriyati nazarida ko’pchilik latinolar bo’lgani bir jihatdan qulay.

“Ular ajratib qo’yildi demagan bo’lar edim. Shunchaki, bolalar asosan latinolardan iborat, tamom. Aksariyat senga o’xshasa, odam qulay his qiladi o’zini”, - deydi Odri Yamagata Noji, muallim.

Pio Piko maktabida darslar ingliz va ispan tilida o’tiladi. Har xil elatlar birga o’qib yashashni bilishi muhim, deydi muallimlar. Undan ham muhimi, ota-ona, o’qituvchi va bolalarni mavqe va elat ko’r qilib qo’ymasligi zarur.

Kelib chiqishiga qarab ajratish illati hamon uchraydi - Kaliforniya shtati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG