Liviya mojarosi Amerika uchun ikkinchi Afg’oniston yoki Iroq emas


Liviya mojarosi Amerika uchun ikkinchi Afg’oniston yoki Iroq emas

Liviya mojarosi Amerika uchun ikkinchi Afg’oniston yoki Iroq emas

Qonunchilar Obama ma’muriyatini Liviyadagi harbiy harakatlar yuzasidan savolga tutmoqda.

Muammar Qaddafiyga qarshi kampaniya boshlanganiga yaqinda ikki oy to’ladi. Hozirgacha nimaga erishildi? Kampaniya xarajatini kim qoplaydi? Urushni poyoniga yetkazish vaqti yetmadimi?

Mazkur savollarga prezident Barak Obama jangga otlanmasidan oltin javob berishi kerak edi, deydi respublikachi senator Richard Lugar.

“Prezident Kongress bilan maslahat qilgani yo’q. Qonunchilar va Amerika xalqi bilishga haqli”, - deydi Senatning Tashqi Aloqalar qo’mitasi a’zosi, yana bir qancha savollarni o’rtaga tashlar ekan.

Liviya mojarosi Amerika uchun ikkinchi Afg’oniston yoki Iroq emas

Liviya mojarosi Amerika uchun ikkinchi Afg’oniston yoki Iroq emas

“NATO Liviyada unga yuklangan missiyani uddalay oladimi? AQShdan harbiy yordamni oshirish so’ralsa, nima deb javob beradi? Liviya muxolifatiga qanday madad uzatish rejalangan? Isyonchilar haqida o’zi nima bilamiz? Qaddafiy ketgach, bu mamlakatni tiklashda Amerika qanday rol o’ynamoqchi”?

Davlat kotibi muovini Jeyms Staynbergning tushuntirishicha, xalqaro koalitsiya ishni oxiriga yetkazmasdan qo’ymaydi.

“Muammar Qaddafiy va unga xizmat qilayotgan rejimning kuni bitgan. Orqaga qaytish yo’q”, - deydi u. “BMT Xavfsizlik Kengashi orqali keng qamrovli sanksiyalar ishga solingan. Liviya milliy neft korporatsiyasi va markaziy banki qora ro’yxatda. Polkovnik Qaddafiy shuni anglashi kerakki, u hokimiyatda ortiq qola olmaydi”.

AQSh Davlat kotibi muovini Jeyms Staynberg

AQSh Davlat kotibi muovini Jeyms Staynberg

Dunyo bundanda jiddiyroq tahdidlar bilan yuzlashib turgan bir paytda, AQSh va NATO harbiy kuchini bittagina, kamaholi o’lkaga sarflashi to’g’rimi?

“Liviyadagi vaziyat butun Yaqin Sharq bo’ylab aks-sado beradi. Amerika boshqa davlatlar bilan koalitsiyaga kirishining boisi ham shunda”, - deya javob beradi davlat kotibi muovini.

Liviya muxolifati a’zolari yaqinda Vashingtonga safar qilib, yuqori lavozimdagi rasmiylar bilan uchrashdi. Obama ma’muriyati ularga qanday va’dalar bergan, Kongress bu haqda ham to’liq hisobot talab qilmoqda.

Respublikachi senator Bob Korker ta’biricha, Liviyadagi harbiy operatsiya Afg’oniston va Iroqdagi kabi uzoq muddatli, katta mablag’ talab qiladigan qayta qurish loyihasiga aylanib ketmasa bo’lgani.

Davlat kotibi o’rinbosari Jeyms Staynberg qonunchilarni Qo’shma Shtatlar bunday mas’uliyatni o’z zimmasiga olmaydi, deb ishontirdi. Uning ta’kidlashicha, Liviyadek tabiiy resurslarga boy o’lka Qaddafiydan keyingi davrda o’zini tiklab olishga qodir.

XS
SM
MD
LG