AQSh Liviyada "Islomiy davlat"ga qarshi kurashni kuchaytirmoqchi

  • Amerika Ovozi

Zliten, Liviya

Zliten, Liviya

Amerika rahbari Barak Obama xavfsizlik bo'yicha maslahatchilariga Liviya va boshqa davlatlarda "Islomiy davlat" to'dasi kuchayishiga qarshi kurash yo'llarini topishni buyurdi.

Qonxo'r bu jangari guruhni, qayerda bo'lmasin, yo'q qilish yo'lida Qo'shma Shtatlar bor kuchini ishga soladi, dedi Obama.

AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter ham Liviyada "Islomiy davlat"ning xavfi haqida alohida to'xtaldi.

"Jangarilar bu davlatda iqtisodiy tizimni qo'lga olishga harakat qilmoqda. Suriya va Iroqda qilgan ishlarini Liviyada ham takrorlamoqchi. Buning oldini olish uchun zarur choralarni ishlab chiqayapmiz", - deydi Karter Pentagondagi matbuot anjumanida.

Uning ta'kidlashicha, "Islomiy davlat" jangarilari Liviyada katta jangovar lagerlarni, mashqdan o'tish markazlarini tashkil qilib, chetdan odam yollashda davom etyapti.

Prezident Obamaning aytishicha, Amerika "Islomiy davlat" guruhiga qarshi kurashga zo'r beraveradi, ayniqsa, Liviya kabi boshqaruv zaif o'lkalarda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG