Breaking News

Gollivud vatanda va chet elda yangi raqobatchilar bilan yuzlashmoqda


Gollivud azaldan jahon kinosi sanoati markazi. Biroq so’nggi yillarda katta studiyalar boshqa shtatlar va hatto xorijiy mamlakatlarga ko’cha boshlagan.

Gollivud, Los-Anjeles/Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:17 0:00
Yuklab oling

Los Anjeles… “Vegas” nomli yangi televizion serial suratga olinmoqda. Ilgari kino sanoati deganida Kaliforniyaning bu ajib maskani tushunilardi.

Endi esa ko’plab filmlar Amerikaning boshqa qismlarida va chet elda ishlanmoqda. Stiv Mishelson uzoq yillardan beri Gollivudda ishlaydi. Biznes yaxshi emas, deydi u.

“Kecha menga bir kompaniyadan taklif tushdi. Yuk tashuvchi mashinalarni sotishayapti. Biznes o’lgan”.

Ba’zilar firmalarini yopib, kino suratga olinayotgan boshqa shaharlarga ko’chib ketmoqda.

Pol Odli kinostudiyalarga litsenziya beradigan “Film LA” nomli kompaniya prezidenti. Kino va ayniqsa televideniye sohasida ulkan o’zgarishlar bo’lmoqda, deydi u.

“Bu yili 23 yangi televizion serialdan 21 tasi boshqa shtatlarda suratga olindi. Vaholanki ilgari hammasi shu yerda ishlanardi. Teleseriallarning 80 foizi ilgari bizning ulushimiz edi, bugunga kelib 40 foizgacha pasayib ketdi”.

Universal Television kompaniyasi rahbarlaridan biri Bela Bajariya deydiki, filmni qayerda suratga olish masalasini hal etayotgan prodyuserlar nafaqat studiyalar, balki boshqa omillarni ham inobatga oladi.

“Bu avvalambor ijod. Ssenariydagini zo’r qilib kinoga tushirish muhim, albatta. Ayni vaqtda soliq va daromad ham katta ahamiyatga ega,” - deydi u.

So’nggi 10 yil ichida boshqa shaharlar kinostudiyalarni o’ziga jalb eta boshladi.

“Yangi Orlean birinchi bo’lib soliqlar borasida imtiyozlar joriy etdi. Unga boshqa shaharlar qo’shildi,” - deydi Bajariya.

2004-yilda Yangi Orleanda 16 ta film ishlangan bo’lsa, bugunga kelib ular soni yiliga 50 dan oshgan, deydi Film New Orleans kompaniyasi rahbari Keti Uillyams Skype orqali intervyuda.

"Menimcha, buning asosiy sababi – soliqlardagi imtiyozlar”.

Kinostudiyalar kamroq soliq to’layotgani sabab ham sanoat gullab-yashnamoqda.

“Hozirda kinoni suratga olish uchun nima talab qilinsa, hammasi shu shtat, ayniqsa Yangi Orlean shahrida muhayyo bo’ladi. Bu esa yangi ish joylari degani,” - deydi Uillyams.

Kino sanoati uchun jozibador yana bir shahar – Nyu-York. Bruklin tumanida joylashgan o’z studiyasiga egalik qiladigan Duglas Steyner biznesdan mamnun.

“Shahar meri Maykl Blumberg ham, shtat gubernatori Kuomo ham Nyu-Yorkda kino olishni qo’llab-quvvatlaydi”.

Film LA kompaniyasidan Pol Odli Kaliforniyada ham soliq imtiyozlari bor, deydi.

"Afsuski, moliyaviy imkoniyatlar cheklangan, biz raqobatga bardosh bera olmayapmiz”.

Raqobat esa global miqyosda… Kanada, Sharqiy Yevropa va ayniqsa Osiyo Gollivud kino ustalarini o’ziga tortmoqda.

Gollivud, Los-Anjeles/Hollywood facing challenges
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:25 0:00

Nyu-York kino sanoati/NYC Moviemaking
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:39 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG