Amerika kiyim-kechak sanoati vatanga qaytmoqda

  • Amerika Ovozi

Los-Anjeles

Los-Anjeles

Oxirgi bir necha o’n yilda Amerika kompaniyalari xorijda, mehnat va xomashyo arzon davlatlarda, ishlashni ma’qul topgan edi. To’qimachilik sanoatida ham shunga guvohmiz. Lekin AQShning o’zida ishlab chiqarilgan mahsulotga talab ortar ekan, qator kompaniyalar vatanga qaytmoqda.

Janubiy Kaliforniyada 150 mingdan ziyod odam kiyim-bosh sanoatida ishlaydi.

“Qo’shma Shtatlarda liboslarning sarasi Kaliforniyada yaratiladi”,- deydi Ilze Metchek, Kaliforniya Moda Uyushmasi prezidenti.

Uning aytishicha, bugun iste’molchi talabi oshib, tobora ko’proq dizarnerlar Amerikada mahsulot ishlab chiqarmoqda.

“Xitoy mehnat qonunlariga rioya qilmayotgani, o’z valyutasi ustidan nazoratni zo’rg’a bo’shatayotgani haqidagi gaplar… Odamlar hammasini eshitib turibdi”,- deydi Metchek.

Mahalliy mahsulotlarga talab oshib bormoqda

Mahalliy mahsulotlarga talab oshib bormoqda

Amerikaning o’zida ayrimlar mahalliy mahsulotni xarid qilib, iqtisodga yordam berishni xohlaydi.

Masalan, Ketlin Xudak:

“Men ishlab topgan pul shu yurt, shu zamin mehnatlashlariga yordam berishini istayman”.

Xorijda ham iste’molchi “Amerikada ishlab chiqarilgan” degan tamg’ani izlaydi.

Los-Anjelesda asoslangan “Rhapsody” kiyim-bosh firmasi boshlig’i Brayan Kang:

“Oldinlari qolipdagi bir tasavvur bo’lar edi – Osiyo bozorlarida yo Gucci, yo Fendi, yo standart-arzon mol sotiladi, degan. Lekin aslida unaqa emas. O’rtahol qatlam juda ko’pchilikni tashkil etadi bugun”.

Brayan Kang o’tgan yili o’z korxonasini Lotin Amerikasi va Xitoydan qaytarib olib keldi. Garchi, masalan, koftalar tikish-bichish AQShda 10-20 foiz qimmatroqqa tushsa-da.

“Karen Keyn” nomli kompaniyani oling. Aksariyat tovarlari Xitoyda ishlab chiqarilar edi. Lekin firma rahbari Lonni Keynning aytishicha, bugun Xitoyda hayot qimmatlayapti va AQSh bilan farq keskin kamaygan.

Ko'plab kompaniyalar Xitoy va boshqa, ishchi kuchi arzon, davlatlarga ketib qolgan edi

Ko'plab kompaniyalar Xitoy va boshqa, ishchi kuchi arzon, davlatlarga ketib qolgan edi

“Xitoyda turmush darajasi ancha ko’tarilib borayapti. Maoshlar ham shu”.

Keyn va amerikalik boshqa ekspertlar deydiki, mahalliy sanoat yengilroq va sifati ham yaxshiroq. AQShdagi Bloomingdale’s magazinlar tarmog’i rasmiysi Frank Doroff.

“Qo’shma Shtatlarda yaratilgan mahsulot nimasi bilan yaxshi? Birinchidan, ishlab chiqaruvchi shu davlatda, shu yonimizda. Ikkinchidan, tovarlarni tezdagina magazinga yetkazaman. Uchinchidan, sifati talablarga javob beradi”,- deydi Doroff.

Shuday bo’lsa-da, bugun aksariyat ust-bosh chetda tikilmoqda. Ba’zi mahsulot bundan keyin ham Amerikada ishlanishi gumon.

"Walmart kabi katta, tovarlar arzon, ulgurji do’konlar bunga misol. Undagi mol uchun xaridor kam haq to’lashga o’rganib qolgan va qimmatlashi to’g’ri bo’lmaydi”,- deydi Doroff.

Agar Xitoyda ishlab chiqarish juda qimmatlasa, deydi ekspertlar, sanoat Bangladesh va Kamboja kabi arzon davlatlarga ko’chadi qo’yadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG