Breaking News

Kaliforniyada nasha iste'moli atrofida bahslar davom etmoqda


Marixuana iste'moli/CALIFORNIA MEDICAL MARIJUANA
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:20 0:00

Marixuana iste'moli/CALIFORNIA MEDICAL MARIJUANA

Tibbiy marixuana Kaliforniya shtatida 1996-yilda qonuniylashtirilgan bo’lsada, federal qonunlar nuqtai nazaridan sotuv qonunga zid hisoblanadi. Qo’shma Shtatlarda nasha iste’moli atrofida bahslar tinmayapti. Siyosatchilar hamma uchun majburiy bo’lgan bir qarorga kelsin, deydi ko’plar.

Kaliforniyada nasha iste'moli xususida bahslar/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00
Yuklab oling

Yirik marixuana dispanseri Okland shahrida joylashgan. Harborsayd salomatlik markazi har yili millionlab dollar soliq to’laydi va mahalliy rasmiylar quvvatloviga ega. Uni yopishga harakat qilayotgan federal hukumatdan o’zini himoya qilish uchun advokatlarga ham katta pul to’laydi. Bir kun kelib marixuana barcha shtatlarda qonuniy bo’ladi, deydi markaz rahbari Stiv DeAnjelo.

“Asosiy savol shundaki, bu yangi soha qanday bo’ladi? Qanday qonunlar orqali nazorat qilinadi va boshqariladi?”

Los-Anjelesda marixuana dispanserlari ko’payib ketgani sir emas. Boshog’riq yoki uyqusizlik bahonasida ham doktordan retsept olish mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra, bu yerda 1000 dan ziyod noqonuniy klinika mavjud.

Shahar kengashi a’zosi Bill Rozendal saratondan davolanayotganda nasha unga yordam berganini aytadi. Lekin ayni vaqtda soha qattiqroq nazorat qilinishi kerak, deb hisoblaydi u. Masala mahalliy saylovlarda ovozga qo’yiladi. Saylovchilar dispanserlar sonini 135 tagacha kamaytirish yuzasidan ham fikr bildiradi.

“Kuch-quvvatga to’laman. Sog’ayishimda tibbiy mariixuana katta rol o’ynadi,” - deydi Rozendal.

So’rovlarga qaraganda, Kaliforniyada 70 foiz aholi bu o’tni shifo sifatida iste’mol qilish tarafdori. Ayrimlar butunlay qonuniylashtirishni talab qilmoqda. Biroq federal qonunlar buni man etadi.

Ruhshunos Stiv Freng izohicha, odamlar marixuananing kuchini yaxshi tushunmaydi. Unda “THC” deb nomlanuvchi psixoaktiv modda miqdori ilgariga qaraganda ancha ko’proq.

“Hozirgi marixuana bilan men maktabda o’qigan davrdagi nashani solishtirib bo’lmaydi. U paytda Meksikadan keltirilgan o’simlikda bu modda 3-5 foizdan ko’p bo’lmasdi,” - deydi ruhshunos.

“THC” katta miqdorda qabul qilinsa, miya va asab tizimiga ta’sir qiladi. Xususan, yoshlarga buni tushuntirish qiyin. Lekin marixuanani taqiqlash haqida gap ketmayapti, deydi Stiv DeAnjelo.

“Uni qonuniylashtirish kerakmi, yo’qmi, degan bosqichdan o’tib bo’ldik. Chunki mana klinikamiz ishlab turibdi”.

Hozirda AQShning 21 shtatida nashadan tibbiy maqsadda foydalanishga ruxsat etilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG