AQSh Janubi-sharqiy Osiyoda mojarolarning oldini olish niyatida

  • Brian Padden

Tibetdan Xitoyning Yunnan viloyati va Birma, Laos, Tailand, Kambodja and Vyetnam bo'ylab oqadigan Mekong daryosi mahalliy aholi uchun hayot manbai.

Tibetdan Xitoyning Yunnan viloyati va Birma, Laos, Tailand, Kambodja and Vyetnam bo'ylab oqadigan Mekong daryosi mahalliy aholi uchun hayot manbai.

Markaziy Osiyoda suv tanqisligiva taqsimoti, Tojikistonning Rog’un gidroelektrstantsiyasi qurish loyihasi ustida munozaralar davom etarkan, Janubi-sharqiy Osiyoda ham ob-hayot masalasi ko’ndalang bo’lib turibdi. Xususan Mekong daryosida qurilayotgan GESlar xalqaro hamjamiyatni tashvishga solmoqda.

Yaqinda Indoneziyaning Bali orolida o’tgan katta xalqaro anjumanda shu haqda gap ketdi. Dunyoning eng go’zal maskanlaridan biriga yig’ilgan arboblarning aytishicha, Amerikadan katta yordam kutilmoqda.

Tibetdan Xitoyning Yunnan viloyati va Birma, Laos, Tailand, Kambodja and Vyetnam bo'ylab oqadigan Mekong daryosi mahalliy aholi uchun hayot manbai.

ASEAN, Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasining Balidagi yig’inida AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton ham qatnashdi. U Amerika Quyi Mekong hududini taraqqiy ettirishga 221 million dollar ajratganini ma’lum qildi.

Ushbu mablag’ Kambodja, Laos, Tailand va Vyetnamning ta’lim, ekologiya, sog’liqni saqlash sohalari hamda infratuzilmani rivojlantirishga sarflanadi.

AQShning ASEANdagi elchisi Deyvid Karden deydiki, Vashington Mekong daryosida qurilayotgan bir necha GESning atrof-muhitga ta’siridan xavotirda.

Qurilishi kutilayotgan va bitgan tog’onlarning ta’siri ilmiy jihatdan hali to’la o’rganilmagan. Nafaqat ushbu mintaqa, balki jahon oziq-ovqat ta’minoti, ekologik barqarorlik, tinchlik va xavfsizlik bilan bog’liq masala bu, deydi diplomat.

Mekong daryosi

Mekong daryosi

Quyi Mekong 600 ming kvadrat kilometrga teng hudud. 60 milliondan ziyod odam yashaydi. Mahalliy aholi asosan baliqchilik bilan shug’ullanadi va sholi yetishtiradi. Ularning har kungi hayoti daryo va suv bilan bog’liq.

Ammo Xitoyda qurilayotgan hamda Laos va Kambodjada rejalangan GESlar Mekong daryosining quyi qismida joylashgan mamlakatlar, jumladan Vyetnam ekologiyasiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin.

AQSh elchisi Kardenning qayd etishicha, AQSh mintaqaga yordam ko’rsatadi. Maqsad, deydi u, davlatlararo mojarolarning oldini olish.

“Xalqaro hamjamiyat chegara bilmas muammolarni hal etishda birgalashib ishlashga tayyor”,- deydi diplomat.

Ammo Avstraliyadagi ilmiy institut xodimi, Janubi-sharqiy Osiyo bo’yicha yetuk mutaxassis Milton Osborn fikricha, AQSh Xitoyning ta’siri kuchayib borayotganidan xavotirda.

“Xitoy iqtisodiy jihatdan kuchaymoqda. Mekong tashabbusi orqali Qo’shma Shtatlar mintaqadagi manfaatlarini himoya qilmoqda”.

Milton Osborn tahlilicha, AQSh mintaqaga yordam bermoqda, ammo Mekong daryosidagi GESlar qurilishi masalasiga aralasha olmaydi. Lekin, deydi u, ko’mak Vashingtonning Janubi-sharqiy Osiyoda jiddiy rol o’ynashga tayyorligidan darak beradi.

XS
SM
MD
LG