Breaking News

Yaqin Sharq Amerika diqqat markazidan tushmaydi


Black smoke rises up from bombing by a Syrian forces warplane in Taftanaz village, Idlib province, northern Syria, November 1
Black smoke rises up from bombing by a Syrian forces warplane in Taftanaz village, Idlib province, northern Syria, November 1
Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq Amerika uchun hamisha strategik mintaqalar bo’lgan. Hokimiyatda demokratlarmi yoki respublikachilar, ular dunyoning bu qismlaridan ko’z uzmaydi. Bu yilgi saylov kampaniyasida ham tashqi siyosat haqida gap ochilganida, u asosan arab dunyosi va Isroil xususida bo’ldi.

AQSh va Yaqin Sharq, Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:08 0:00
Yuklab oling

Raqib bo’lish oson emas. Birinchidan, nima uchun bellashayotganingizni isbotlab berishingiz kerak. Iqtisodiyot va boshqa ichki masalalarda bu qiyin emas, ammo tashqi siyosatda arboblarning fikri va g’oyalari ko’p hollarda bir joydan chiqadi: AQSh qudratini saqlab qolishi shart.

“Arab bahori” deya nom olgan inqiloblarni boshdan kechirgan Tunis, Liviya va Misrda demokratiya tarafdorlarini quvvatlab, islohotlarga yetakchilik qilish kerak. Bu - Amerikada siyosatchilar ko’p tilga oladigan maqsad.

“Dunyo o’zgarmoqda va buni tan olmay, lol qolmay iloj yo’q. Amerika Qo’shma Shtatlari bu o’zgarishlarni olqishlaydi, quvvatlaydi”,- deydi Obama.

Respublikachilardan prezidentlik uchun kurashgan Mitt Romni arab mamlakatlarida demokratiya targ’iboti Amerika uchun bag’oyat muhim vazifa, deydi.

“Diplomatiya va yordamni arab bahori ortida turgan insonlar, guruh va tashkilotlarni quvvatlash va shu tariqa Amerika rolini oshirishga qaratish kerak. Resurslarni aynan shu maqsaddan kelib chiqib ajratish lozim, toki arab bahori kutilgan natijani bersin”,- deydi Romni.

2012-yilning 11-sentabrida Liviyaning Bing’ozi shahrida AQSh elchisi Kristofer Stivens and yana to’rt xodim halok bo’ldi. Ular qanday va kim tomonidan o’ldirilgani saylov kampaniyasida qizg’in bahslar uyg’otdi.

Romni Obamani zaiflikda aybladi, Obama esa Romnini safsatabozlikda.

"Xurujdan bir necha kun o’tib ham diplomatlarimiz qanday o’ldirilgani haqida aniq tushuncha yo’q edi… Terror xurujimi yoki boshqa narsa”,- deydi Romni.

Prezident Obama Romnidan haqiqatga ochiq ko’z bilan qarashni so’radi.

“Xurujdan bir kun o’tib, men Oq Uy hovlisidan turib Amerika xalqi va dunyo ahliga murojaat qilganimda, Liviyadagi voqeani tergov qilib, jinoyatchilarni jazolaymiz dedim. Bu terror xuruji dedim”,- deydi Obama.

Obama ham, Romni ham Suriyada Bashar al-Assadning kuni bitgan deydi. U hokimiyatdan ketishi kerak, vassalom, deydi ular. Lekin Amerika mojaroga harbiy jihatdan bosh qo’shmaydi. Muxolif kuchlarni quvvatlaydi xolos.

“Suriyadagi qaltis vaziyatga o’ylab bosh qo’shish kerak. Biz muxolifat tomondamiz va yordam berayapmiz. Lekin kimni qurollantirayotganimizni bilaylik, toki ular keyin bizga qarshi urushmasin”.

Romni nazarida isyonchilarga ko’proq qurol-aslaha uzatish kerak.

“Bashar al-Assadga qarshi kurashayotgan guruhlarga yetarlicha qurol berish kerak, toki ular prezidentni ag’dara olsin. Lekin biz o’z qo’shinlarimizni yubormasligimiz lozim”,- deydi Romni.

Obama va Romni Isroilni Amerikaning yaqin hamkori deb ataydi. Yahudiy davlatini yo’q qilish kerak deb kelayotgan Eron agar unga xuruj qilsa, Amerika Isroilni himoya qiladi, chora ko’radi, deydi ular.

“Isroil – haqiqiy do’stimiz. Mintaqadagi eng yaqin ittifoqchimiz. Isroil nishonga olinsa, Amerika u bilan yonma-yon turadi”,- deydi Obama.

“Prezidentlikka saylansam, ya’ni saylanganimda, biz Isroil bilan yonma-yon turamiz. Isroilga hujum qilinsa, himoya qilamiz, faqat diplomatik va madaniy emas, balki harbiy jihatdan quvvatlaymiz”,- deydi Romni.

Lekin debatlarda va nutqlarda na Obama va na Romni Isroil-Falastin mojarosiga e’tibor qaratdi.

Yaqin Sharq bo’yicha tahlilchi Xolid Elgindi deydiki, Iroqda etnik va mazhablararo nizolar qanchalik qonli bo’lishini ko’rgan Amerika arab dunyosida yetti o’lchab bir kesish lozimligini anglab yetgan.

“Qo’shma Shtatlar – “arab bahori” oqibatlarini o’zgartira olmaydi. Saylovmi, qo’zg’olonmi, siyosiy jarayonlarmi… G’olib va mag’lub kim ekanini biz tanlamaymiz, achchiq haqiqat bu”.

Amerikalik siyosatdonlar nazarida Vashington yordami qo’l keladi, lekin dunyoning qay qismida bo’lmasin, o’zgarish qiladigan aslida o’sha xalqning o’zi.

Yaqin Sharq AQSh diqqat markazida qoladi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:43 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG