Breaking News

AQSh rahbariyati Iroq va Suriyaga qo'shinlar yubormoqchi emas


Mudofaa vaziri Eshton Karter Bag'doddagi AQSh havo qo'shinlari oldida nutq so'zlamoqda. 23-iyul 2015-yil
Mudofaa vaziri Eshton Karter Bag'doddagi AQSh havo qo'shinlari oldida nutq so'zlamoqda. 23-iyul 2015-yil

Qo'shma Shtatlar “Islomiy davlat” jangari guruhiga qarshi hujumlarni jadallashtirar ekan, Afg’oniston va Iroqdagi kabi uzoq muddatli va keng ko’lamli harbiy kampaniya olib bormaydi. Mudofaa vaziri Eshton Karterga ko’ra, yangi strategiya havodan zarbalar berish va ba’zan yerda qisqa va tezkor maxsus operatsiyalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi.

Oq uy matbuot kotibi Erik Shults Karterning aytishicha, AQSh Suriyada hamkorlari bilan birgalikda cheklangan operatsiyalar o’tkazish salohiyatini saqlab qoladi.

“Biz to’la ko’lamli amaliyotlar yoki katta shaharlarga hujumlarni emas, balki reydlarni nazarda tutyapmiz”, - dedi Iroqda AQSh yetakchiligidagi qo’shinlar so’zlovchisi polkovnik Stiv Uorren. “Minglab amerikaliklar yuz minglab iroqliklar bilan yelkama-yelka jang qilish uchun Iroqqa harbiy xizmatga yuborilmaydi”.

Seshanba kuni Karter Senatda qonunchilar savollariga javob berdi. Unga ko'ra, o’tgan hafta AQSh qo’shinlari kurd jangchilariga Iroqda garovga olingan 70 kishini ozod etishda yordamlashgan. Karterning aytishicha, shu shakldagi hamkorlik davom etadi.

“Islomiy davlat” guruhiga qarshi shunday operatsiyalarni amalga oshirish imkoni tug’ilsa, hamkorlarimizni qo’llab-quvvatlashda yoki bunday missiyalarni o’zimiz havodan yoki yerda amalga oshirishda davom etamiz”, - dedi Karter.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG