Breaking News

AQShning ikki senatori xalqaro qo'shin tuzishni taklif qildi


Senatorlar Jon Makkeyn va Lindsi Grem - ikki respublikachi shu mavzuda kecha, yakshanba kuni AQSh matbuotiga intervyu bergan. Senat Qurolli kuchlar qo'mitasi raisi Makkeyn nazarida Amerika regiondagi xalqaro qo'shinga kirishi kerak.
Senatorlar Jon Makkeyn va Lindsi Grem - ikki respublikachi shu mavzuda kecha, yakshanba kuni AQSh matbuotiga intervyu bergan. Senat Qurolli kuchlar qo'mitasi raisi Makkeyn nazarida Amerika regiondagi xalqaro qo'shinga kirishi kerak.

AQShning ikki senatori nazarida Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi xalqaro qo'shin tuzish va unga Qo'shma Shtatlarni ham kiritish kerak. Suriya rahbari Bashar al-Assadni esa hukumatdan ketishga majbur qilish lozim, deydi ular.

Senatorlar Jon Makkeyn va Lindsi Grem - ikki respublikachi shu mavzuda kecha, yakshanba kuni AQSh matbuotiga intervyu bergan. Senat Qurolli kuchlar qo'mitasi raisi Makkeyn nazarida Amerika regiondagi xalqaro qo'shinga kirishi kerak. Uning ikki muhim vazifasi bo'ladi:

"Birinchidan, "Islomiy davlat" to'dasini yo'q qilish kerak. Ikkinchidan, Suriya uzra harbiy parvozlarni taqiqlab qo'yish lozim, toki Prezident Assad barrel bombalarni uloqtirishni, oddiy insonlar, bolalar va ayollarni qirishni, millionlab odamlarni sarson-sargardon qilishni bas qilsin", - deydi Makkeyn.

Qurolli kuchlar qo'mitasining yana bir a'zosi Grem "Amerika xalqi Iroq va Afg'onistondagi urushlardan keyin yana bir frontga kirishga tayyormi?" degan savolga javob beradi:

"Boshqa iloj yo'q", - deydi Grem. "Islomiy davlat" jangari guruhini Suriyaning o'zida mag'lub etmasak, bizga Amerikaning o'zida hujum qila boshlaydi. Yaqin Sharq mintaqasi bu kurashga tayyor. Region ahli "Islomiy davlat" to'dasidan to'ygan. Jangarilar sunniy arab o'lkalariga ham shafqat qilmayapti. Turkiya ham bu jangari guruhdan nafratlanadi. Bundan tashqari, butun mintaqaning Assaddan qutilgisi bor. Shunday ekan, Amerika rahbariyati ikki muhim vazifani uddalashi kerak: "Islomiy davlat" to'dasini yo'q qilish va Assadni haydash. Darvoqe, Eron regionda ta'sir doirasini oshirayotgani yana bir xavotirli masala. Eron butun boshli Iroqni o'ziga qaratib olmoqda. Amerika mintaqadan chiqib ketgach, paydo bo'lgan bo'shliqni Eron to'ldirib olayotgani meni tashvishlantiradi", - deydi Grem.

Makkeyn va Grem nazarida xalqaro qo'shinlar soni 100 ming kishi bo'lishi kerak. Uning o'zagi va asosiy qismini mahalliy, regional askarlar tashkil qilishi lozim, deydi Grem:

Senatorlarning so'zlariga ko'ra, xalqaro piyoda qo'shinlarning faqat 10 foizini G'arb ta'minlaydi. Qolganini Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar to'ldiradi.

Iroqning o'zida esa AQShning 3500 askarini joylash kifoya va ular "Islomiy davlat"ni tez mag'lub etishi aniq, deydi senator Grem.

Makkeynning eslatishicha, bugun Iroqning Ramadi viloyati poytaxti "Islomiy davlat" to'dasi qo'lida. Biroq shahar tez orada qaytarib olinadi, deya ishonadi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG