AQSh o'z fuqarolaridan Yevropadagi qochqinlar uchun xayriya so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

Germaniyaga borgan muhojirlar

Germaniyaga borgan muhojirlar

Oq uy BMTning Qochqinlar bo'yicha agentligi bilan hamkorlikda yangi loyiha boshlamoqda. Maqsad Yaqin Sharq, Afrika va Janubiy Osiyodan Yevropaga borgan migrantlarga yordam berish.

Hukumat Kickstarter sayti orqali fuqarolardan oziq-ovqat, ichimlik suvi, qochqinlar farzandlari ta'limi hamda boshqa mahsulot va xizmatlar uchun xayriya berishni so'ramoqda.

Bir kunda yetti ming odamdan salkam 400 ming dollar pul tushdi.

Internet orqali oziq-ovqat savdosi bilan shug'ullanuvchi "Instacart" sayti ham o'z mijozlaridan qochqinlar uchun oziq-ovqat xayriya qilishni so'ramoqda.

Sayohatchilarga turar-joy topishda yordam beruvchi "Airbnb" sahifasi esa sayt orqali ijaraga uy taklif etayotgan odamlarni migrantlar bilan ishlovchi gumanitar tashkilotlar xodimlarini bepul xona bilan ta'minlashga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG