AQShdagi oliy harbiy maktabni ilk bor ayollar bitirmoqda

  • Amerika Ovozi

Sara askarlar - reynjerlar. Pentagonning bildirishicha, talabalar juda kam ovqat yeb, kam uxlab, nihoyatda og'ir sharoitda faoliyat yuritishni o'rganadi. Ular parashyutdan qayta-qayta sakrab, soatlab piyoda yurishni, og'ir yuklarni ko'tarib yugurishni mashq qiladi.

Sara askarlar - reynjerlar. Pentagonning bildirishicha, talabalar juda kam ovqat yeb, kam uxlab, nihoyatda og'ir sharoitda faoliyat yuritishni o'rganadi. Ular parashyutdan qayta-qayta sakrab, soatlab piyoda yurishni, og'ir yuklarni ko'tarib yugurishni mashq qiladi.

Amerikada ikki ayol askar harbiy sohada eng yuqori va qiyini hisoblangan Reynjer maktabi (Ranger School) ni tamomladi. Bu ta'lim dargohini shu paytgacha biror qiz bitirmagan. Harbiylar qattiq ruhiy va jismoniy mashqdan o'tadi. Kirganlarning o'rtacha 42 foizi bitirishga muvaffaq bo'ladi.

Shu hafta, juma kuni Jorjiya shtati, Benning fortidagi bitiruv marosimida 90 dan oshiq askar qatnashadi. 62 kunlik mashg'ulotni muvaffaqiyatli yakunlagan harbiylar orasida mana shu ikki ayol ham bo'ladi.

Biroq maktabni bitirganiga qaramay, ular 75-Reynjer polkiga xizmatga yollanmaydi.

Amerika qurolli kuchlari ayni damda frontga xotin-qizlarni jalb qilishga qo'yilgan taqiqni qayta ko'rib chiqmoqda va tugal qaror yil oxirida qabul qilinadi.

Armiya vaziri Jon Makxyu bitiruvchilarni qutlab, har bir askar, jinsidan qat'i nazar, xizmatga qodir ekani isbotlandi, dedi.

Shu yilning aprelida nufuzli harbiy maktabga 19 ayol va 381 erkak qabul qilingan edi.

Talabalar juda kam ovqat yeb, oz uxlab, nihoyatda og'ir sharoitda faoliyat yuritishni o'rganadi.

Parashyut bilan sakrash, soatlab piyoda yurish, og'ir yuk ko'tarib yugurish singari mashqlardan o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG