Oregonda fermerlar isyon ko'tardi

  • Amerika Ovozi

Qariyb yuz kishi, xususan, fermer, rancho egalaridan iborat guruh Berns shahri yonidagi yovvoyi tabiatni asrash markazini egallab olgan. Ular federal sudya 2012-yilda davlat yerlariga o't qo'ygan ikki dehqonni qo'shimcha besh yilga qamashga buyruq berganidan norozi.

Amerika shimoli-g'arbidagi Oregon shtatida yovvoyi tabiatni asrash markazi bir necha namoyishchining nazoratida qolmoqda. Ular shanbadan beri binoni tark etishdan bosh tortib, kerak bo'lsa, yillab shu yerda qolishga tayyor ekanini aytgan.

Qariyb yuz kishi, xususan, fermer, rancho egalaridan iborat guruh Berns shahri yonidagi yovvoyi tabiatni asrash markazini egallab olgan. Ular federal sudya 2012-yilda davlat yerlariga o't qo'ygan ikki dehqonni qo'shimcha besh yilga qamashga buyruq berganidan norozi.

Guruhga Emmon Bandi ismli shaxs boshchilik qilmoqda. Uning oilasi 2014-yilda Nebraska shtatidagi davlat yerlari ustida ham hukumat bilan talashgan. Bandi hukumatni xususiy yerlarni noqonuniy ravishda musodara qilayotganlikda ayblagan.

Rancho sohiblari Dvayt Linkoln Hammond va uning o'g'li Stiven haqiqatda yerga o't qo'yganini tan olgan. Lekin ular o'z yerlarida zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashgani, alanga tasodifan hukumat maydonlariga tarqalganini aytadi.

Har ikkisi bu qilmishi uchun qisqa vaqt qamoq jazosi o'tadi. Lekin federal sud hukmiga ko'ra, ular kam jazo olgan va bugun, dushanbadan boshlab turmaga qaytib, yana to'rt yil o'tirishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG