Obama ma’muriyati: Husni Muborak zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak


Obama ma’muriyati: Husni Muborak zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak

Obama ma’muriyati: Husni Muborak zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak

Bugun Misrda prezident Husni Muborakning “ketish kuni” shiori ostida yirik namoyishlar. Odamlar juma namozidan chiqib to’g’ri Qohira markazi – “Tahrir” maydoniga ketmoqda.

Shaharda harbiylar soni keskin oshirilgan. Misr Mudofaa vaziri Husayn Tantaviy bugun ilk bor maydonga kelgan. “Armiya xalq bilan” degan chaqiriqlar yangramoqda.

Obama ma’muriyati: Husni Muborak zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak

Obama ma’muriyati: Husni Muborak zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak

Husni Muborak “bu vazifadan ketishni istar edim, lekin Misrda vaziyat tamoman izdan chiqadi”, deydi.

Namoyishlar boshlanganidan beri u ilk bor xorijiy jurnalist bilan gaplashgan. AQShning ABC News telekanali bilan suhbatda Muborak g’alayonlarda uzoq yillardan beri man etilgan “Musulmon Birodarlar” harakatini ayblagan.

“Bu guruh hokimiyatga kelsa, Misr jahannamga aylanadi”, - degan prezident.

30 yillik rahbar avvalroq xalqqa murojaatida “muhlatimning oxirigacha lavozimda qolaman”, degan edi.

Husni Muborak va Barak Obama, Oq uydagi uchrashuv, 1 sentabr 2010

Husni Muborak va Barak Obama, Oq uydagi uchrashuv, 1 sentabr 2010

Davlat departamentining ismini oshkor etmayotgan rasmiylarining aytishicha, Qo’shma Shtatlar uzoq yillik ittifoqchisi Husni Muborakni zudlik bilan iste’fo berishga chaqirmoqda. Bu borada yuqori doiralarda muzokaralar ketayotgani ma’lum.

Amerika taklifi shundan iboratki, Misr vitse-prezidenti Umar Sulaymon boshchiligida hamda harbiylar yordami bilan muvaqqat hukumat tuzilib, hokimiyat unga o’tishi, yangi hukumatda oppozitsiya ham ishtirok etishi kerak. Mazkur taklifga Qohiraning javobi hozircha noma’lum.

Muzokaralar asosan parda ortida kechmoqda.

Misr davlat televideniyesining xabar berishicha, ayrim kichik partiyalar hukumat bilan dialog boshlagan, ammo “Musulmon Birodarlar” hamda muxolifat yetakchilaridan biri Muhammad al-Barodiy Muborak ketganidan keyingina muzokara qilamiz deb shart qo’ygan.

Obama ma’muriyati: Husni Muborak zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak

Obama ma’muriyati: Husni Muborak zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak

Qo’shma Shtatlar Misrdagi vaziyatni yaqindan kuzatib turibdi. Prezident Obama Muborak bilan ikki bor telefonda muloqot qilib, namoyishchilarga qarshi zo’ravonlikni bas qilishga chaqirgan.

Oq uyning pozitsiyasi shuki, so’nggi ikki kunda kamida 8 kishining hayotiga zomin bo’lgan to’qnashuvlar ortida kim turgani tekshirilishi zarur. Aksar tahlilchilar Misr maxsus kuchlarini ayblaydi.

Obama ma’muriyati, shuningdek, Misrdagi g'alayonlarni yoritayotgan xorijiy jurnalistlarga hujumlarni keskin qoralamoqda.

Amerikadagi misrliklar jamoasi Obama ma’muriyatidan Husni Muborakka bosimni oshirishni, kerak bo’lsa moliyaviy yordamni kesishni so’rayapti.

“AQShdan o’z haq-huquqini talab qilib chiqqan xalq tarafida bo’lishni so’raymiz”, - deydi Kamol Muxtor, Amerika-Misr Uyushmasi vakili, Kongressga murojaat qilar ekan.



So’nggi kunlarda Yevropa va Amerikaning qator shaharlarida Misr ahli o’z hokimlarini o’zi tanlashga haqli degan namoyishlar bo’lib o’tdi. Qo’shni arab davlatlarida ham aksiyalar o’tmoqda.

“Arab va musulmon dunyosidagi zolim rahbarlarga gapimiz shuki”, - deydi huquq faoli Xolid Sefianiy, “xalq dardiga quloq tuting, korrupsiyaga chek qo’ying, qonun ustuvorligini ta’minlang va unga o’zingiz bo’ysuning. Aks holda, Tunis va Misr taqdiri sizning ham boshingizga tushadi”.

XS
SM
MD
LG