Breaking News

Amerikada Milliy gvardiya nima vazifani bajaradi?


Missuri shtati Milliy gvardiyachilari
Missuri shtati Milliy gvardiyachilari

Missuri shtatining Ferguson shahridagi to’polonlar politsiya va jamoatchilik orasidagi taranglikni aks ettirdi. Irqchilikka qarshi namoyishlarda o’nlab odam tartibni buzganlikda ayblanib hibsga olindi. Vaziyat keskinlashgach Missuri shtati gubernatori Jey Nikson Milliy gvardiyadan yordam so’radi. Milliy gvardiya esa armiya emas.

Amerikada Milliy gvardiya nima vazifani bajaradi? Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:34 0:00
Yuklab oling

O’nlab odamlar yerda yotibdi, azobda.

Ularga qarab joningiz achiydi, albatta.

Gap shundaki, bu soxta manzara. Tabiiy ofat sahnalashtirilgan. Hammayoq vayrona. Eng dahshatli hollarga duch kelinganida, to’fon, zilzila yoki biror bir boshqa halokat yuz bergan taqdirda aholiga yordamni Milliy gvardiya degan tizim yetkazadi.

"Hozir ko’rayotganingiz eng og’ir ahvol, masalan”,- deydi general-mayor Vesli Kreyg.

Ernest Gilbertning kundalik ishi farroshlik.

“Ishim artish, supurish va aholi bilan muloqot qilish”,- deya tushuntiradi u.

Yozning ikki haftasi va oyda ikki marta dam olish kunlarida u harbiy kiyim kiyib, xizmatda.

Gilbert Iroqdagi urushda qatnashgan. Vatanga qaytgach ko’ngilli xizmatga kirgan, Milliy gvardiya safiga.

“Xalq xavotirsiz yashasin deymiz. Biz shu yerdamiz”,- deydi u.

Milliy gvardiya chet eldagi urushlarga jalb etilgan davrlar bo’lgan. Biroq uning asosiy burchi vatanda fuqaro xavfsizligini ta’minlash, favqulodda hollarda qutqaruv ishlarini olib borish. O’z formasi, shiori va vazifalariga ega.

Amerika bo’ylab 460 ming ko’ngilli xizmatchi bor. Har bir shtat o’z gvardiyasiga ega. Ferguson shahridagi ur-yiqitni bostirish uchun ham ular chaqirildi.

9-avgust kuni oq tanli politsiyachi qora tanli o’smirni, qurolsiz fuqaroni, otib o’ldirgach norozilik namoyishlari avj oldi. To’polon qonli tus olmasin deb Milliy gvardiya safarbar etildi. To’rt kun ichida vaziyat o’nglana boshladi.

Qaltis sharoit va qaltis ish, deydi zobitlar.

Stiven Buchchi bir paytlar armiyada maxsus qismda xizmat qilgan. Keyinroq esa Milliy gvardiyada yuqori lavozimlarga ko’tarilgan.

“Biror shahar yoki qishloqda tartibsizlik yuzaga kelib vaziyat izdan chiqsa, Milliy gvardiya bir zumda yetib boradi va muammo bilan shug’ullanadi deb o’ylamang. Gap shundaki, mahalliy politsiya ishini uddalashi kerak. Ular zarur vosita va salohiyatga ega. Jamoatchilik bilan ishlay olishi lozim”,- deydi Buchchi.

Missuri shtati gubernatori Jey Nikson deydiki, Milliy gvardiya politsiyaga yordam berish uchun keldi. Omma g’azabda edi, politsiyaga qarshi nafrat kuchli bo’lib turgan damlarda zo’ravonlikning oldini olish kerak, deydi gubernator. Portlovchi moddalar otilayotgan edi. Qon to’kilishi mumkin edi.

Afsuski, qon baribir to’kildi. To’polonlar tingandek. Odamlar adolat kutmoqda.

Milliy gvardiya - US National Guard
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:42 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG