Din

Prezident Obama e'tiqod ahli bilan nonushta qildi

  • Amerika Ovozi

Ibodat va e'tiqod jahonda yaxshilikka xizmat qiladi; insonlarni ezgu amallar sari yetaklaydi; yo'qsillar, muhtoj va kasallarning dardiga malham bo'ladi; tinchlik qaror topishiga zamin hozirlaydi, dedi Obama.

Amerika rahbari Barak Obama bugun, payshanba kuni Vashingtonda ibodat nonushtasiga mezbonlik qildi. Fursatdan foydalanib u "Islomiy davlat"ni qoraladi.

Ibodat va e'tiqod jahonda yaxshilikka xizmat qiladi; insonlarni ezgu amallar sari yetaklaydi; yo'qsillar, muhtoj va kasallarning dardiga malham bo'ladi; tinchlik qaror topishiga zamin hozirlaydi, dedi Obama.

Biroq din va e'tiqodni qabih niyatlarda qurolga aylantirgan guruhlarni ko'rib turibmiz, dedi prezident.

"Islomiy davlat" vahshiyona, dahshatli qotilliklarni sodir etayapti. Aql bovar qilmaydigan yovuz, shafqatsiz amallarga qo'l urayapti. Ozchilik diniy guruhlarni ezib, ayollarni zo'rlayapti. Bularning barchasini islom nomi bilan amalga oshirayapti", - deydi AQSh rahbari.

Obamaning aytishicha, din ahli zo'ravonlik va qabihlikni islom bilan bog'layotgan bu guruhlarga qarshi turishi lozim.

Vashingtondagi ibodat har fevral oyining birinchi payshanbasida o'tadi va unga Kongress vakillariga mezbon bo'ladi.

Marosimda qatnashgan Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama so'zga chiqmadi.

Prezident Obama va Dalay Lama bilan muloqot qilmasa-da, bir-biri haqida iliq so'zlar aytgan.

Nonushtaga Dalay Lama taklif qilingani shundoq ham Xitoyning asabiga tekkan. Obama bu diniy arbob bilan muloqot qilsa, Pekin yanada g'azablanishi aniq edi, deydi tahlilchilar.

AQShning bildirishicha, Prezident Obama Dalay Lamaning o'gitlarini qadrlaydi.

Dalay Lama Tibetning muxtoriyati yo'lida da'vat qilayotganini ta'kidlaydi. Lekin Xitoy diniy peshvoni ayirmachi, Xitoy hududiy yaxlitligiga tahdid deb biladi.

Prezident Obama ishga kelganidan beri Dalay Lama bilan uch bora ko'rishgan.

Vashingtondagi ibodat nonushtasida 3 mingdan ziyod har xil din-e'tiqod vakillari ishtirok etdi. Marosimda e'tiqod erkinligi haqida so'z bordi.

Prezident Obamaning maslahatchisi Valeri Jarret nonushta paytida Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama bilan o'tirdi.

Prezident Obamaning maslahatchisi Valeri Jarret nonushta paytida Tibet diniy rahnamosi Dalay Lama bilan o'tirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG