Leon Panetta: "Dushman ittifoqchilar o’rtasiga nizo sololmaydi"

  • Amerika Ovozi

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta, NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig'ilishi, Bryussel, Belgiya, 10-oktabr, 2012-yil.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta, NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yig'ilishi, Bryussel, Belgiya, 10-oktabr, 2012-yil.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta Bryusselda NATOga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari majlisida ishtirok etar ekan, Afg’onistonda koalitsiya va mahalliy qo’shinlar o’rtasidagi ishonchga putur yetkazgan ichki hujumlarni to’xtatishga qaratilgan choralar haqida so’zlagan.

Yil boshidan beri xalqaro kuchlarning 50 dan ortiq harbiysi politsiya yoki harbiy forma kiygan jangarilar o’qidan yohud haqiqiy afg’on zobitlari qurolidan o’lgan.

Sababidan qat’i nazar, deydi Panetta, dushman ittifoqchilar o’rtasiga nizo solmoqchi.

"Bunga yo’l qo’ymaymiz", - deydi AQSh mudofaa vaziri.

Bugun NATO rahbariyati, shuningdek, AQSh va alyans kuchlarining Afg'onistondagi qo'shinlari qo’mondoni general Jon Allenni NATO kuchlarining oliy qo’mondoni lavozimiga tayinladi. AQSh Senati tasdiqlasa, Allen ishga 2013-yilda kirishadi. Uning hozirgi lavozimini esa AQSh generali Jozef Danford egallaydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG