AQSh admirali: Osiyoga chuqurroq kirib borayapmiz

  • Amerika Ovozi

Qo’shma Shtatlar diqqati hozir Osiyoda. Dengiz flotiga qarashli 289 kemadan 51 tasi Tinch okeani regionida. Kelasi yil 58 kema, 2020-yilgacha 67 kema mintaqaga jo’naydi.

Qo’shma Shtatlar diqqati hozir Osiyoda. Dengiz flotiga qarashli 289 kemadan 51 tasi Tinch okeani regionida. Kelasi yil 58 kema, 2020-yilgacha 67 kema mintaqaga jo’naydi.

Qo’shma Shtatlar admirali Jonatan Grinertning aytishicha, Amerika Janubiy Xitoy dengizida vaziyatga tubdan ta'sir qila boshladi.

Qo’shma Shtatlar admirali Jonatan Grinertning aytishicha, AQSh harbiy dengiz floti Osiyo-Tinch okeaniga chuqurroq kirib borayapti. Buning natijasi uzoq muddatda bilinadi, deydi u. Dengiz kuchlariga bosh admiral Hindiston bilan hamkorlik kengayadi degan umidda.

Hafta boshida Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida so’zlagan Jonatan Grinert Xitoy bilan harbiy muzokara natija bera boshladi, dedi. Ayniqsa, Janubiy Xitoy dengizida. Hududda Xitoy va qo’shnilar o’rtasidagi ziddiyat oxirgi paytlarda keskinlashgan edi.

O’tgan oy Osiyo-Tinch okeani davlatlari dengizdagi xulq-atvor borasida nizom ishlab chiqqan, uni Vashington va Pekin ham ma’qullagan edi.

Admiralning aytishicha, Xitoy harbiy kemalari dengizda Amerika kemalarini himoya qilgan hollar yo’q emas. Sharqiy Xitoy dengizi va Janubiy Xitoy dengizi atrofidagi ixtilofni ham kelishib hal qilsa bo’ladi, deb hisoblaydi u.

Filippin va Vyetnam Pekin bilan dengiz sarhadlari va zaxiralar borasida tortishib keladi. Prezident Obamaning Osiyo bo’ylab o’tgan oy qilgan safarida AQSh Manila bilan 10 yillik xavfsizlik shartnomasini imzoladi.

Admiral Grinert so’zlariga ko’ra, Filippin bilan harbiy rishtalar bugun silliq kechayapti. Lekin kelajakda nima bo’lishi va aloqalar qanday rivojlanishini vaqt ko’rsatadi. Amerika dengiz kuchlari Vyetnam bilan ham axborot almashish yaxshilanadi degan umidda.

AQSh admirali Hindiston bilan strategik sheriklik yangilanishi ehtimoli haqida ham so’zladi.

“Harbiylar bir necha yildan beri o’zaro ishlab keladi. Kommunikatsiya va hamkorlikni yanada yaxshilash mumkin. Hozir Hindiston dengiz floti bilan mashqlar o’tkaziladi. Insonparvarlik yordami, qidiruv-qutqaruv ishlari va dori-darmon yetkazishda birga ishlaymiz. Lekin sheriklik ko’lamini 2000-yillar o’rtalarida bo’lgani kabi mustahkamlash mumkin. Har yili harbiy mashqlar o’tar edi, murakkab harbiy havo amaliyotlarini birga bajarar edik”, - deydi Grinert.

Uning aytishicha, Hindistonda yangi rahbariyat boshqaruvga kelar ekan, Tinch okeanida faolroq harakat qila boshlashi mumkin. Dehlidagi siyosiy jarayonlar quyulib va yangi hukumat to’laqonli ishga kirishsin qani, deydi u.

Qo’shma Shtatlar diqqati hozir Osiyoda. Dengiz flotiga qarashli 289 kemadan 51 tasi Tinch okeani regionida. Kelasi yil 58 kema, 2020-yilgacha 67 kema mintaqaga jo’naydi.

Admiral Grinertning aytishicha, Gavayida kelasi oy oxirida boshlanib avgustgacha davom etadigan harbiy mashqlarda yuzlab harbiy samolyotlar, 40 dona kema va 25 ming askar, jumladan, ilk bor xitoylik harbiylar qatnashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG