Nevada shtati respublikachilari Mitt Romni uchun ovoz berdi

  • Amerika Ovozi

Oq Uyga saylanishni ko'zlayotganlar: Massachussetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romni (chapdan), sobiq senator Rik Santorum va kongressmen Ron Pol, Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich

Oq Uyga saylanishni ko'zlayotganlar: Massachussetts shtati sobiq gubernatori Mitt Romni (chapdan), sobiq senator Rik Santorum va kongressmen Ron Pol, Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich

Bugun AQShning Nevada shtati prezidentlikka da’vogar respublikachilarni elakdan o’tkazdi. Partiyaviy saylovlarda Mitt Romni g’olib chiqdi.

Massachussetts shtati sobiq gubernatori shu kungacha shtatma-shtat o’tgan saralash jarayonida oldin ketmoqda.

Qolgan uch da’vogar, Vakillar Palatasining sobiq spikeri Nyut Gingrich, sobiq senator Rik Santorum va kongressmen Ron Pol poygani hali-beri tark etmasligini aytmoqda.

Las Vegas ko'ngilochar bizneslari, xususan kazino va mehmonxonalari bilan tanilgan. Lekin Nevada shtati ko'p jihatdan qashshoq.

Las Vegas ko'ngilochar bizneslari, xususan kazino va mehmonxonalari bilan tanilgan. Lekin Nevada shtati ko'p jihatdan qashshoq.

Dunyoda eng ko'p sayyoh boradigan Las Vegas shahri Nevadada joylashganiga qaramay bu shtat Amerikaning qoloq mintaqalaridan biri. Ishsizlik yuqori, minglab odamlar iqtisodiy inqiroz oqibatida uy-joyi va tirikchiligidan ayrilgan. Iqtisodiy jihatdan ko'proq kazino va turizmga tayanadigan Nevada ish o'rinlari yaratish uchun yangi sohalarni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Saylovchi respublikachi nomzoddan shu borada konkret g'oyalar kutmoqda.

6-mart kuni 10 shtat birvarakayiga ovoz beradi. Undan keyin respublikachilardan prezidentlikka nomzod kim bo’lishi yanada oydinlashadi.

Nomzod 6-noyabrda umummamlakat saylovida amaldagi rahbar, demokrat Barak Obama bilan bellashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG