Amerika yangi avlod suvusti jangovar kemasini tanishtirdi

  • Amerika Ovozi

Qo’shma Shtatlar yangi avlod suvusti jangovar kemasiga oq fotiha berdi. Rasmiylar deydiki, marhum prezident Jerald Ford nomiga qo’yilgan bu avianosetsni oz sonli ekipaj eplay oladi, zamonaviy mojarolarga qarshi olishadi va 2016-yilda ishga tushganida dronlarni uchira oladi. “Amerika Ovozi” Virjiniyada bo’lib, yangi kemani aylandi.

Marhum prezident Jerald Fordning qizi Syuzan Ford Beyls 100 ming tonnalik kemaga fotiha berdi. Kamida 13 milliard dollarga tushgan bu vosita harbiy dengiz flotida olamshumul yangilik deya ko’rilmoqda.

Ford rusumidagi ushbu ilk kema bortida hozir ustalar 3 million metrlik kabellarni o’rnatayapti.

Bug’da ishlagan oldingi avianosetslardan farqli bu kema boshdan oyoq elektrik.

Loyiha ustida ishlagan Rolf Barchi “Amerika Ovozi” ga kemani ko’rsatib, bug’ emas, elektromagnit energiyada harakatlanish tartibi, buning jangovar samolyotlarning kemadan oson uchib-qo’nishi uchun qulay ekanini tushuntirdi.

“Bu tizim juda qulay va menimcha, harbiy samolyotlar salohiyatini ancha oshiradi, uzoqroq xizmatga yarashini ta’minlaydi. Har xil turdagi samoyotlar bu avianosetsdan parvoz qilishi mumkin bo’ladi”, - deydi Barchi.

Kema uchuvchisiz samolyotlar, ya’ni dronlar uchun ham uchish-qo’nish maydoni bo’lib xizmat qila oladi.

Tobora kamroq davlatlar Amerika jangovar samolyotlari va dronlariga o’z hududida qo’nishga ijozat berar ekan, avianosets muqobil variant. AQSh harbiy dengiz kuchlari admiral Tomas Mur kema mualliflaridan.

“Amerika jalb qilingan urushlarda bu vositalar salmoqli rol o’ynashi mumkin. Okeanda, xalqaro suvlarda mudofaa salohiyatimizni, erkin harakat qilish imkonimizni oshiradi ushbu avianosetlar. Kema bortidan turib har qanaqangi dronlarni uchirish mumkin ekani armiyamiz uchun yutuq”, - deydi Mur.

Kema – jangovar mashina. Shu bilan birga, zarurat tug’ilsa, qurilma insonparvarlik maqsadlarida qo’llanishi mumkin.

Bortidagi qismlar payvandlangan emas, bolt bilan burab qo’yilgan. Shunaqa loyihalanganki, tezgina terib-ajratish mumkin. Kema muhandisi Tom Kallen:

“Gumanitar qutqaruv ishlarida qatnashish uchun yaraydi. Bemalol qo’shimcha stollar, kompyuterlar, ekranlarni o’rnatib olib ishlasa bo’ladi. Hammasining joyini bir necha kunda almashtirib, ishga kirishasiz”.

Suvusti kemasi eskilaridan kamxarjroq. Ekipaj a’zolari 1200 dan kam, bu esa harbiy dengiz flotiga milliardlab dollarni tejashga yordam beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG