Amerika nodavlat tashkilotlari Misrga kiritilmadi

  • Amerika Ovozi

Misrda bugungi hayot

Misrda bugungi hayot

Misr Amerikaning sakkiz nodavlat tashkilotini mamlakatga kiritmadi. Bular orasida AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter boshliq saylov monitoring guruhi ham bor.

Misr davlat matbuoti izohiga qaraganda, Amerika fuqarolik jamiyati tashkilotlari faoliyati mamlakat suverenitetiga tahdiddir.

Jimmi Karterning tashkiloti dunyoning har xil davlatida saylovlar erkin va adolatli o’tishini kuzatib keladi. Guruh o’tgan yilning noyabridan joriy fevraligacha Misrda ishlab, parlament poygalarini tekshirishga ruxsat olgan edi. Biroq kelasi oygi prezident saylovlarini kuzatish imkoni bo’ladimi-yo’qmi, noma’lum.

Misrga kirish uchun ruxsat olmagan yana bir tashkilot – “Coptic Orphans” yetimlar bilan ishlaydi. Yolg’iz qiz-o’g’illarga g’amxo’rlik qilish mamlakat suverenitetiga qanday qilib xavf solar ekan, deya norozi tashkilot rasmiylari.

Misr sudi o’tgan yili Amerikaga qarashli va boshqa nodavlat guruhlar idoralarini tintuv qilib, jumladan, 16 amerikalikka yurt barqarorligiga tahdid kabi ayblovlar qo’ygan edi.

Natijada ittifoqchi bu davlatlar orasi sovib, Vashington yiliga 1,3 milliard dollar harbiy yordamni kesmoqchi bo’lgan edi. Uzoq tortishuvdan keyin Misr sudi o’tgan oy xorijliklarni qo’yib yubordi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG