Shimoliy Koreya yana bir amerikalikni hibsga oldi

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un xodimlari davrasida.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un xodimlari davrasida.

Shimoliy Koreya mutasaddidlari Amerika fuqarosi va Koreya urushi faxriysini hibsga olgan. 85 yoshli amerikalik mamlakatga qonuniy yo’l bilan kirgani, vizasi joyida bo’lgani aytiladi.

Kaliforniyalik Merrill Nyuman kommunistik davlatdan chiqib ketayotgan payt, samolyotda qo’lga olingan. Unga nima ayb qo’yilayotgani aniq emas.

Uning o’g’li Jeff Nyuman so’zlariga ko’ra, faxriy 1950-yillarda Janubiy Koreyada xizmat qilgan va umr bo’yi shimolga safar qilishni orzu qilgan.

Sayohatni Xitoy turistik kompaniyasi tashkillashtirgan.

Shimoliy Koreya voqea yuzasidan izoh bermagan. Ayni damda yana bir amerikalik missioner kommunistik davlat qamog’ida saqlanmoqda.

Kennet Bey o’tgan yili ushlanib, unga qo’poruvchilik, davlat va jamoat tartibini buzish kabi ayblov qo’yilmoqda.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG