Obama yoshlar uchun yangi grantlar dasturini e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Prezident Obama Merilenddagi Bladensburg maktabi o'quvchilari bilan, 7-aprel 2014-yil.

Prezident Obama Merilenddagi Bladensburg maktabi o'quvchilari bilan, 7-aprel 2014-yil.

AQSh prezidenti Barak Obama innovatsion dasturlarni amalga oshirayotgan o’quv yurtlari uchun 107 million dollar miqdorida grantlar ajratilganini e’lon qildi. Maqsad – o’quvchi va talabalarga tajriba orttirish imkonini yaratishd.

Vashington yaqinida joylashgan va shunday grantlardan birini qo'lga kiritgan maktabda turib yangi dasturni ommaga e'lon qilgan prezidentning aytishicha, mazkur maktabda so’nggi uch yil davomida yangi dastur sinovdan o’tkazilgan.

“Bir necha yil davomida bu sinfxonalarda nafaqat bilim, balki kelajakda ishga zarur bo’ladigan qobiliyat va malakalarni oshirishga harakat qilib kelindi. Sizlar o’quvchi va talabalarni talab katta bo’lgan kasblar – informatika, aniq fanlar hamda mehmonxona yuritish kabi ishlarga tayyorlamoqdasiz. Endi esa bu urinishlarni yangi darajaga chiqarish imkoni mavjud,” – dedi Obama maktab ma’muriyati va o’quvchilariga murojaat qilib.

Grant olgan bu maktab o’quvchilarining 70 foizidan ortig’i yo’qsil oilalardan. Hududda sog’liqni saqlash sohasi ishchilariga talab katta ekan, bu maktabda oquvchilarga aynan shunday kasblarni egallash imkoni beriladi.

Butun mamlakat bo’ylab o’tkazilgan tanlov natijasida grant jami 24 maktabga ajratildi. Ular orasida Los-Anjeles, Nyu-York, Denver, Indianapolis va Janubiy Karolinadagi Klinton shaharlaridan o’quv maskanlari bor.

Prezident Obama bunday dastur boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo’llanilgan, bundan buyon esa AQShda ham amalga oshiriladi, deb aytdi.

Dastur Obamaning shaxsiy tashabbusi asosida tashkil qilingan. Uni moliyalash xususiy kompaniyalar chet eldan malakali ishchilarni yollash uchun immigrantlik vizasiga to’laydigan mablag' hisobidan amalga oshiriladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG