Breaking News

Faxriylarni qadrlamaslik - sharmandalik, deydi Obama


AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat kasalxonalarida urush faxriylariga ko’rsatilayotgan salbiy munosabat va yomon xizmat haqidagi da'volarni sharmandalik deb atab, bunga chidab turilmaydi, dedi.

21-may kuni prezident AQSh faxriylari agentligi rahbari Erik Shinsekini o’z huzuriga chaqirdi. Bundan oldin Arizona shtatidagi Feniks shahrida 40 faxriy harbiy kasalxonada davolanish uchun navbatda kutib, so’ngra gali kelmay olamdan o’tgani ma’lum bo’lgach qator qonunchilar Shinsekini ishdan olishga da’vat etgan edi.

Obama Shinseki bilan uchrashuvda uni ogohlantirgan va javobgarlikka tortilishi mumkinligini aytgan.

AQSh urush faxriylari agentligiga ko’ra, sobiq jangchilarga tibbiy xizmat ko’rsatadigan 26 kasalxona faoliyati tekshirilmoqda. Iddaolarga qaraganda, ayrim kasalxonalarda bemorlarni davolash kechikayotganini yashirish uchun maxfiy ro’yxatlar tuzilgan.

AQSh harbiylarining Afg’oniston va Iroqdagi faoliyatini doim yuqori baholaydigan prezident Obama bunday amaliyotga chidab turolmasligini aytdi.

"Ishontirib aytamanki, agar bunday egri amaliyot qo’llangan bo’lsa, u albatta jazolanadi,” – dedi u.

Prezident o’z yordamchilaridan birini kasalxonalardagi vaziyatni taftish etish uchun Feniksga yuborgan. Natijalar kelasi hafta ma’lum qilinadi.

Shinseki Obama bilan uchrashuvdan keyin jurnalistlar oldiga chiqmadi. O’tgan hafta u Kongressning ishni o’rganayotgan qo’mitasi oldida so’zlaganida agentlikka qarashli shifokorlarning egri amaliyoti haqidagi iddaolarni eshitib “tepa sochim tikka bo’ldi”, deb aytgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG